Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi

Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi - rasmi

Material tavsifi

27 М A V Z U AHOLI DAROMADLARI VA UNING TABAQALANISHI Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko'rsatkichlari Aholi daromadlari ma'lum vaqt oralig'ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko'rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko'rinishida keltirilgan. Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: - davlat sug'urtasi bo'yicha to'lovlar; - shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a'zolariga bank ssudalari; - jamg'arma bankidagi omonatlar bo'yicha foizlar; - aksiya, obligatsiya qiymatining o'sishidan olinadigan daromad va zayom bo'yicha to'lovlar; - lotereya bo'yicha yutuqlar; - tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo'ladigan vaqtincha bo'sh mablag'lar; - har xil turdagi kompensatsiya to'lovlar va h.k. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko'rsatkichlari tizimi o'z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 1) tug'ilish va o'lish darajasi hamda boshqa demografik ko'rsatkichlar; 2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari; 3) oziq-ovqat tovarlarini iste'mol qilish; 4) turar joy sharoitlari; 5) aholining daromadlari va xarajatlari; 6) hayot kechirish qiymati va iste'mol narxlari; 7) transport vositalari; 8) dam olishni tashkil etish; 9) ijtimoiy ta'minot; 10) inson erkinligi. Bu asosiy ko'rsatkichlardan tashqari yana ba'zi bir axborotga oid ko'rsatkichlar ham ajratib ko'rsatiladi: aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi YAIM, aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi iste'mol hajmi va boshqalar. Bozor tizimi iste'molni ta'minlashning eng samarali usullarini yaratib ayni vaqtda aholi daromadlarini oshirib borishga keng yo'l ochib beradi. Aholi daromadlari deyilganda ularning ma'lum vaqt davomida (masalan, bir yilda) pul va natural shaklda olgan barcha daromadlari miqdori tushuniladi. Aholi iste'mol darajasi to'g'ridan-to'g'ri ularning daromadlari darajasiga bog'liq bo'ladiki, bu uning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko'rsatishdan olinadigan pul mablag'lardan iborat bo'ladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo'jaliklarining o'z iste'mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlardan iborat bo'ladi. Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko'rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog'ligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste'molchilik bozorining tovarlar bilan to'yinganlik darajasi kabilar muhim o'rin tutadi. Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: «mustaqillik yillarida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 371.16 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 371.16 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga