Alkagolli ichimliklar, ularning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari Tarkibida etil spirti bo'lgan ichimliklar alkogolli ichimliklar deyiladi. Aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum va meva rezavorlardan tayyorlangan vinolar, konyak alkogolli ichimliklardir. Aroq va likyor-apoq mahsulotlari uchun etil spirti asosiy xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. U tarkibida kraxmal bo'lgan (kartoshka, don va boshqalar) yoki qand bo'lgan har xil mahsulotlar, drojji yordamida achitib olinadi. Iste'mol uchun o'tkirligi kamida 96,5% bo'lgan, yaxshi tozalangan yoki rektifikatsiya qilingan spirt ishlatiladi. Tozalanmagan spirt faqat texnikaviy maqsadlarda qo'llaniladi. Aroq rektifikatsiyalangan etil spirti bilan yumshatilgan suv aralashmasidir. Suv bilan yaxshilab aralashtirilgan spirt har xil filtrlar (aktivlashtirilgan ko'mir, qum, asbest, namat, gazlama) dan o'tkaziladi, undan keyin aroq sifatini pasaytiruvchi mexanikaviy qo'shilmalardan, moy va boshqa moddalardan tozalanadi. Aroq assortimenti: 40% li oddiy aroq, Moskovskaya osobaya (40% spirtli), Stolichnaya (40% spirtli), Ekstra va boshqalar. Bu aroq turlarining hammasiga rektifikatsiyalangan a'lo navli spirt ishlatiladi. Ta'mini yumshatish va yaxshilash uchun Moskovskiy osobaya arog'iga ozroq natriy ishqori, Stolichnaya arog'iga - ozroq qand, tuz, sirka qo'shiladi. Likyor-aroq mahsulotlariga damlamalar, nalivkalar, likyorlar va punshlar kiradi. Ularga spirt, suv, qand, shifobahsh va xushbo'y o'tlar, mevalar, rezavorlar, sharbatlar, morslar, efir moyi moddalari xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. Damlamalar tarkibidagi spirt va qandga ko'ra achchiq, yarim shirin va shirin bo'ladi. Achchiq damlamalar suv qo'shilgan va rektifikatsiyalangan etil spirtiga har xil xushbo'y o'tlar, urug'lar, tsitrus mevalarining po'sti va boshqalar qo'shib uzoq saqlash yo'li bilan hosil qilinadi. Hosil bo'lgan spirtli damlama suv bilan aralashtiriladi, ozuqa bo'yoqlari bilan rang beriladi va ozroq qand (1-2%), ayrim navlariga esa xushbo'yligini oshirish uchun efir moyi qo'shiladi. Achchiq damlamalar, ya'ni o'tkir aroq mahsulotlari tarkibida 30 dan 45% gacha spirt bo'ladi. Ularga: Gorniy dubnyak, Zubrovka, Zveroboy, Erofeich, Xinnaya, Pomerantsevaya, Anisovaya, Vishnevaya, Tminnaya, Myatnaya, Limonnaya va boshqa turlari kiradi. Yarim shirin damlamalarning tarkibida 25-30% spirt va 2-3% qand bo'ladi. Ularga Vishnevaya, Ryabinovaya, Yantarnaya turlari kiradi. shirin damlamalar spirt, suv, qand va yangi yoki quritilgan meva hamda rezavorlarni spirtda saqlash yo'li bilan olingan morslardan ishlab chiqariladi. Odatda shirin damlamalar tarkibida 20-24% spirt va 15-20% qand bo'ladi. shirin damlamaning eng ko'p tarqalganlari: Abrikosovaya, Vishnevaya, Yablochnaya, Brusnichnaya va Klyukvennaya turlaridir. Nalivkalar rezavor-mevalar, morslari hamda yangi meva va rezavorlarining spirt qo'shilgan sharbatidan tayyorlanadi. Nalivkalar tarkibida spirt kam (18-20%), qand ko'p (20-40%) bo'lganligi bilan shirin damlamalardan farq qiladi. Eng yaxshi nalivkalar Zolotaya osen, Slivyanka, Zapekanka, Ayvovaya, Spoto'kach, Zemlyanichnaya, Klubnichnaya va Vishnevaya lardir. Likyorlar tarkibidagi qand va spirtga qarab o'tkir, dessertli va kremlarga bo'linadi. O'tkir likyorlar a'lo sifatli spirt, efir moyining damlamasi, qand sharbati, suv va oziq-ovqat buyoqlarini ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.69 KB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.69 KB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:34 ]
Arxiv ichida: docx