Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishi

Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Angliya va fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari XVII-XVII asrlarda Farbiy Yevropada sanoatning tez rivojlanishi manufaktura davridagi (tashqi savdo rivojiga to'siq) proteksionizm siyosati va (tadbirkorlik tashabbusini bo'g'uvchi) davlatning iqtisodiy homiyligiga muhtojlik yo'qoldi. Angliyadagi XVII asr o'rtalaridagi sanoat inqilobi jamoatchilik diqqatini savdodan industriyaga jalb etdi. Ishlab chiqarish tadbirkorlarni daromad olishning asosiy manbai sifatida yanada ko'proq qiziqtira boshladi. Avvaldan malum inqilobiy g'oyalar amaliy talablarga javob bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish konsepsiyasi yangi g'oyaning asosi edi. Merkantilizm o'rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo'ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo'layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to'g'ri keldi. Uning namoyandalari o'z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo'yicha dastlabki muhim qadamni qo'ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro'y bera boshladi. Feodalizm emirilib, uning zaminida kapitalistik, yani bozor munosabatlari shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o'rniga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo'ldi. Tarix, xalq xo'jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o'qiganda hunarmandchilik, tsex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xom ashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish), unda aniq mehnat taqsimoti yo'q, manufakturada esa (manu - qul, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo'ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo'liga o'ta boshladi) ro'y berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular yerni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo'llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o'zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan bog'liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab qilindi. Xom ashyo esa jun bo'lib, qo'ylardan olinardi. Manufaktura rivojiga jun kerak, buning uchun qo'ylar sonini oshirish talab etildi, ko'p qo'y bokish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda chakalakzor, botqoq, bo'z yerlar chegaralanib («erlarni chegaralash» degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, dehqon (yomen)lar o'z erlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib, yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura (sanoat) uchun xom ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 978 marta
Ko'chirishlar soni 411 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 978 marta
Ko'chirishlar soni 411 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga