Arab va g'arbiy Yevropadavlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g'oyalar Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar II-VII asrlarda shakllana boshladi. Bu erlarda pul, mehnat munosabatlari biroz engillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo'jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer soligini yig'ish huquqini yo'qotgan emas. Shu sababli Sharqda «davlat feodalizmi»ning turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o'z aksini topdi. iqlim va turar-joy sharoiti tufayli, bu erlarda dehqonchilik asosan sun'iy sug'orish asosidagina olib borilishi mumkin edi (Farbiy Yevropabilan solishtiring). Bazi olimlarning fikricha, Sharqda yerga xususiy mulkchilikning yo'qligi va buning asosiy sababi sun'iy sug'orish ekanligini aytadi. Yer bor bo'lgani bilan sug'orishsiz hosil olish mumkin emas edi. Sug'orish inshootlari qurish, ta'mirlash jamoa ixtiyorida bo'lgan, qishloq jamoasi saqlangan. Sharqda yerga xususiy mulkchilik bo'lganmi, degan muammo xanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko'proq yerdan foydalanish huquqi bo'lgan. Bu mintaqada yerni suvdan ajratib bo'lmaydi. Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarning asosi Quroni karimda (arabcha qiroat, yani o'qish) aks etgan (VII-VII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga davat kuchaydi. Bu harakat so'nggi din - Islomda o'z aksini topdi. Islom ta'limoti payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Qur'oni Karimda mujassamlangan. Islomdagi yo'l-yuriqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo'lib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o'rin berilgan. Quroni karimdagi asosiy g'oyalardan biri barcha musulmonlarning bardoshligi bo'lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug'landi, barcha boylik shu asosda paydo bo'lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Allox taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo'rlikni, yani ribo (sudxo'rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va xatto xasad qilishni katta gunox degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to'g'rilikka buyuriladi va yolg'on ishlatish, o'g'rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Allox taoloning Quroni karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), etim-esirlarga muruvvat, xayr-exson qilish (3-sura, 128-oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g'oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetimlar xaqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb elon qilingan. Shuningdek, o'zaro yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa dehqonchilik, qo'ychilik bilan shug'ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan. Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Qur'oni Karimdagi «Yenglar, ichinglar, xadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.13 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.13 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:34 ]
Arxiv ichida: docx