Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni. Barcha mavjud resurslardan to'liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potentsiali potentsial YaIM ko'rsatkichi bilan o'lchanadi. Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o'z iqtisodiy potentsialini to'liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potentsial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Yani YaIMning uzilishi (YUZ) ro'y beradi. Yh - Yp YUZ= -- 100 Yp Potentsial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to'liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo'lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi. Potentsial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo'q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi. Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo'lsa, YaIM uzilishi shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo'ladi. Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o'rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, OUKYeN qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, yani davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaMMning pastroq darajasi o'z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo'lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo'qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsiyenti deb atalgan bu koeffitsiyent miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig'ida deb hisoblanadi. Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: YUZ= -2,5[ u -u] Bu yerda: u - ishsizlikning tabiiy darajasi; u - ishsizlikning haqiqiy darajasi. YaMM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz: Yh - Yp -- 100 = - β [ u -u] Yp Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog'liqlikning teskari jihatiga etibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o'sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Yani dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o'sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi sonining ko'payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo'ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bo'lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o'sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o'sish ta'minlanishi kerak. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.68 KB
Ko'rishlar soni
569 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.68 KB
Ko'rishlar soni
569 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:34 ]
Arxiv ichida: doc