Asosiy makroiktisodiy ko'rsatkichlar va ularni xisoblash

Asosiy makroiktisodiy ko'rsatkichlar va ularni xisoblash

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Asosiy makroiktisodiy ko'rsatkichlar va ularni xisoblash - rasmi

Material tavsifi

Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va ularni hisoblash Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlar. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi. YAIM ni ishlab chiqarish usulida aniqlash. YAIM ni xarajatlar bo'yicha hisoblash. YAIM ni daromadlar(taqsimot usuli) bo'yicha hisoblash. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko'rsatkichlar. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar. Nominal va real YAIM. 1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlar Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir kator iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi. alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo'llaniladigan ko'rsatkichlardan farqli tarzda bu ko'rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o'tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo'jaligida rakobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu ko'rsatkichlarga kuyidagilar kiradi: · YAlpi ichki mahsulot (YAIM), Sof ichki mahsulot (SIM), YAlpi milliy daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste'mol(S), Jamgarish (S) ko'rsatkichlarining xajmi va o'sish sur'atlari; . iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; . mamlakat eksporti va importi xajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o'sish suratlari; . resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko'rsatkichlar (mehnat unumdorligi, Fond kaytimi); · davlat byudjeti takchilligi, deflyator, iste'mol baholari indeksi, inflyatsiyaning o'sish sur'atlari; · ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; · aholining moddiy ne'matlar va xizmatlar iste'moli xajmi, ularning jamgarmalari, ish xakining kuyi miqdori va boshqalar. Davlat byudjeti takchilligi va inflyatsiya surati kabi ko'rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda ko'llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, S, S ko'rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu ko'rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniklanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o'tagani holda uning standartlaridan kelib chikkan holda makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo takkoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o'rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o'tilgan barcha ko'rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondashuvga yo'l ko'yilishi mumkin. 2. YAlpi ichki mahsulot tushunchasi. Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Xar ikkala agregat ko'rsatkich xam mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o'zaro farq qilishadi. Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini ko'llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkich sifatida tan olindi. Ko'pgina iqtisodiy adabiyotlarda [YAIMga ishlab chikarilishida ko'llanilgan resurslar kaysi davlatga tegishliligidan kat'iy nazar, mamlakatning jugrofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig'indisi] deb ta'rif berib kelingan. 1993 yilda kabul ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.6 KB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.6 KB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga