Asosiy vositalarni baholash va amortizatsiyasini hisoblash Asosiy fondlar natural va qiymat ko'rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural ko'rsatkichlar asosiy fondlarning miqdoriy va sifat tarkibi, ishlab chiqarish imkoniyatlari xizmat muddatlari to'g'risida ma'lumot beradi. Qiymat ko'rsatkichlari buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va umumtarmoq statistik ko'rsatkichlarini shakllantirish maqsadlariga xizmat qiladi. Asosiy vositalarni (fondlarni) baholashning quyidagi shakllari mavjud: boshlang'ich qiymati (yoki to'liq qiymati) bo'yicha - asosiy fondlarni sotib olish yoki qurish, hamda ularni olib kelish va o'rnatishga ketgan barcha xarajatlarni o'z ichiga oladi; qayta tiklash qiymati bo'yicha - bir xil vazifani bajaruvchi, lekin turli yillarda ishga tushirilgan asosiy fondlarni joriy yil baholarida aynan shu fondlarni takror ishlab chiqarish qiymati bo'yicha qayta baholash va taqqoslama ko'rinishga keltirish (hukumat qarorlariga asosan vaqti-vaqti bilan o'tkazib turiladi). Qayta tiklash qiymati asosiy fondlarning bozor qiymatiga ham mos keladi va tekinga olingan (sovg'a yoki boshqa tarzda) asosiy fondlarni hisobga olishda ham foydalanilishi mumkin; qoldiq qiymati bo'yicha - asosiy fondlarning boshlang'ich yoki qayta tiklash qiymatidan hisoblangan eskirish summasini (amortizatsiya ajratmalarini) ayirib tashlash orqali baholalanishi; balans qiymati bo'yicha - asosiy fondlarning buxgalteriya balansida aks etadigan qiymati. Asosiy fondlar buxgalteriya balansida boshlang'ich qiymati bo'yicha, shuningdek, agar qayta baholash o'tkazilgan bo'lsa, qayta tiklash qiymati bo'yicha hisobga olinadi; tugatish (likvidatsiya) qiymati bo'yicha - tugatilayotgan (moddiy yoki ma'naviy eskirish va boshqa sabablarga ko'ra) asosiy fondlarning tugatish qiymatini baholashda ishlatiladi. Unga asosiy fondning tugatilayotgan davrdagi qoldiq qiymatiga tugatish bilan bog'liq xarajatlar (tugatishda ishtirok etgan ishchilarning ish haqi va unga hisoblangan ajratmalar, ketgan materiallar, transport xarajatlari va hoka'zolar) qo'shilib, obyektni tugatishdan olingan materiallar (ehtiyot qismlar, metallom, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar va boshqalar) qiymati chegirib tashlanadi. Asosiy vositalarni boshlang'ich balans qiymati bo'yicha hisobga olishda ularni qanday yo'l bilan tasarrufga olinganligi ahamiyatga egadir. Xususan, ularni: o'z mablag'lari evaziga xarid qilish yoki qurish; kredit evaziga xarid qilish; boshqa mol-mulkka almashish orqali olish; boshqa subyektlardan hadya sifatida olish; shirkat a'zoligidan chiqib, fermer xo'jaligi tuzayotganda shirkatdagi pay ulushidan asosiy vositani hissa sifatida olib chiqish; tugatilayotgan shirkat xo'jaliklari negizida tuzilayotgan fermer xo'jaligi shirkat mulkidan tegishli ulushini asosiy vosita sifatida olish. Xo'jalik o'z mablag'i hisobiga asosiy vosita sotib olganda, uning balans qiymatiga asosiy vositani sotib olish, tashib keltirish, nosoz holda bo'lsa, ta'mirlash, o'rnatish va ishga tushirish bilan bog'liq barcha xarajatlar kiritiladi. Shuningdek uning qiymatiga asosiy vositani izlab topish va xarid qilish bo'yicha boshqa subyektlar tomonidan ko'rsatilgan axborot-maslahat xizmatlari uchun to'lovlar, uni ro'yxatga olish olish bilan bog'liq yig'imlar, davlat va bojxona to'lovlari, hamda boshqa shu bilan bog'liq xarajatlar kiritiladi. Agar xo'jalikning o'zi bino va inshootlarni qursa, yoki ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:34 ]
Arxiv ichida: doc