Avstriya maktabi uning xususiyatlari XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlarning nufuzli maktablaridan biri bo'lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini subyektiv yoki subyektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning mafkurachilari qo'llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g'oyani rivojlantirib, uni subyektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix Vizer (1851-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizerning «Xo'jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to'g'risida» (1884), Ye.Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo'jalik nematlari boyligi nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta'limoti Angliya, Germaniya, AQSH va Rossiyada hamda boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta'limot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta'sir o'tkazdi. Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to'g'risidagi ta'limot yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga kiritmas edilar. Ularning konsepsiyasiga ko'ra siyosiy iqtisod xo'jalik subyekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o'rganishi lozim edi. Byom-Baverkning davo qilishicha, siyosiy iqtisod subyekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo'jalik tadqiqot obyekti qilib olinar va shu xo'jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mo'tlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo'jaligi mana shunday xo'jalikning oliy maqsadi deb atalardi (D.Defoning asarini eslang). Avstriya maktabi kapitalistik xo'jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik yig'indisi deb talqin etardi. Umuman iqtisodiyot qonunlarini o'rganish uchun alohida olingan bir xo'jalik (firma, korxona) misolida shu qonunlarni ko'rib chiqish etarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot). Tadqiqotning bu usuli Robinzonada usuli degan nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlandi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytirildi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soddalashtirildi. Robinzonada usuli asosida siyosiy iqtisod tarixiy va sinfiy muayyanlikdan mahrum bo'lar, unda individuallik keng targ'ib qilinardi. Avstriya maktabining namoyandalari ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotining obyektiv xarakterini va unga xos qonunlarni inkor etib, xo'jalik turmushida iqtisodiyotni rivojlantirishda xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilaydigan psixologik sabablar hal qiluvchi rol o'ynaydi, deb davo qildilar. Iqtisodiy jarayonlarni mana shunday subyektiv-psixologik talqin etish Avstriya maktabi metodologiyasining asosini tashkil qildi. Avstriya maktabining nazariyotchilari siyosiy iqtisodni ishlab chiqarishni o'rganishdan «xalos» etib, istemolni birinchi o'ringa qo'ydilar. Ular individlarning moddiy nematlarni istemol qilishi xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi asosiy omil deb davo qilishdi. subyektivizm va individualizm mehnatning va ijtimoiy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish munosabatlarining rolini hamda ijtimoiy ziddiyatlar va sinfiy ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.98 KB
Ko'rishlar soni
433 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.98 KB
Ko'rishlar soni
433 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:34 ]
Arxiv ichida: docx