Baliq konservalari, ularning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari Bankali baliq konservalari issiqlik ishlovi berilishiga qarab, sterilizatsiya qilingan va sterilizatsiya qilinmagan konservalarga bo'linadi. Konservalar baliqqa qanday usulda ishlov berilganligiga va qo'llaniladigan sardagiga qarab, o'z sokida tayyorlangan konservalar, tomat sousida tayyorlangan konservalar va moy solib tayyorlangan konservalar, tayyor ovqatlik darajasiga qarab esa gazakbop va tabiiy konservalarga bo'linadi. Gazakbop konservalar ovqat o'rnida iste'mol qilishga tayyor mahsulot bo'lib, ularga qo'shimcha ishlov berilmaydi. Tomat sousli konservalar, moyli konservalar, baliq pashtetlari ana shunday baliq konservalaridir. Tomat sousli baliq konservalari ovlanadigan asosiy baliqlarning hammasidan tayyorlanadi. Ishlov berilgan baliq portsiyalarga bo'lingandan so'ng yuviladi, tuzlanadi, unga qoriladi va qovuriladi, so'ng bankalarga joylanib, ustidan tomat sousi quyiladi va qopqog'i yopilgach, sterilizatsiya qilinadi. Tomat sousi tarkibiga tomat-pasta yoki tomat-pyure, qand, qovurilgan piyoz, ziravorlar, sirka va o'simlik moyi kiradi. Tomat sousli baliq konservalari tovar navlariga bo'linmaydi. Ular qovurilgan va tomat sousi singdirilgan baliqqa xos ta'm va hidli bo'lishi kerak. Baliq bo'laklari butun, bo'linib kyetmagan bo'lishi; go'sht konsistentsiyasi zich, ammo qattiq va quruq bo'lmasligi; sousi bir xil; sousining konsistentsiyasida suv ajralgan qismlari bo'lmasligi kerak. Bankada baliq 70-80% ni va tomat sousi 30-20% ni tashkil etishi lozim. Moyli baliq konservalari sovutilgan, muzlatilgan, dudlangan va qoqlangan har xil turdagi baliqlardan - osetra, sevryuga, beluga, ship, muksun, sig, kefal, skumbriya, sultanka, stavrida, bichok, salaka, kilka, seldlar, xamsa va boshqalardan tayyorlanadi. Sovutilgan va muzlatilgan baliqlar ishlov berilib, portsiyalarga bo'lingach, qovuriladi, bankalarga joylanadi va tozalangan o'simlik moyi quyilib, qopqog'i mahkam berkitilgach, sterilizatsiya qilinadi. Dudlangan va qoqlangan baliqlar portsiyalarga bo'lingach, bankalarga joylanadi va shundan so'ng qovurilgan baliq singari ishlov beriladi. Moyli baliq konservalari tovar navlariga ajratilmaydi. shprot va sardina konservalari bundan mustasno bo'lib, ular ikki navga bo'linadi; oliy navli moyli shprot konservalari va navi ko'rsatilmaydigan moyli shprotlar; oliy navli moyli sardina konservalari va navi ko'rsatilmaydigan moyli sardinalar. Moyda konservalangan baliqlarning ta'mi juda yoqimli, usti oltinsimon-jigarrang bo'lib, go'shtining konsistentsiyasi shirali bo'ladi. Bankadan olingan baliq bo'laklari yoki butun baliqchalar bo'linmagan, butun, moyi tiniq, quyi qatlami quyqali bo'ladi. Bankadagi baliq miqdori 75-90% va moyi - 25-10% ni tashkil etishi kerak. Konservalarda baliqning ichak-chavoqlari, tangachalari, suzgich qanotlari, qon quyqalari va boshqa yot aralashmalar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. Baliq pashtetlari baliq qiymasidan, shuningdek, baliq mahsulotlari tayyorlashda hosil bo'ladigan baliq bo'laklari va ushoqlaridan tayyorlanadi. Baliq go'shti to bir xil massa hosil bo'lguncha, yaxshilab maydalanadi, so'ng tomat sousi bilan aralashtiriladi. Pashtetlar sifat jihatidan tomat sousli baliq konservalariga tenglashtiriladi. Krablardan (dengiz qisqichbaqasidan) tayyorlangan konservalarni gazakbop konservalar guruhiga kiritish mumkin. Bu konservalar Uzoq sharq krablaridan tayyorlanadi. Konserva tayyorlash uchun faqat ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.55 KB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.55 KB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:34 ]
Arxiv ichida: docx