Bank multiplikatori, pul taklifi

Bank multiplikatori, pul taklifi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bank multiplikatori, pul taklifi - rasmi

Material tavsifi

Pul taklifi. Bank multiplikatori. Pul taklifi (Ms) o'z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo'lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo'lgan depozitlarni oladi: Ms = S+D. Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to'lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko'rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega*. Ammo pul taklifini ko'paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to'lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 200 so'mga o'sgan bo'lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo'lganda (zahira normasi - tijorat banklar depozitlarining malum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so'mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so'mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so'mga ko'paytiradi va u endi 200+1600=3600 so'mni tashkil etadi. Yani, omonatchilarning depozitlardagi 200 so'mdan tashqari yana 1600 so'm qarz oluvchilar qo'lida qoladi. Agar, 1600 so'm yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo'lgan zahira normasida u 320 so'mni zahirada qoldirib, 1280 so'mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so'nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 100 schqmga ko'payganligini ko'rsatadi. Bu jarayonni formula ko'rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin: M = (1 rr ) x D Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr - majburiy zaxiralash normasi ; D - dastlabki depozit. Keltirilgan formuladan ko'rinib turibdiki, pul taklifi 1rr koeffitsentiga bog'liq bo'lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo'lgan yangi kredit pullarining eng ko'p miqdorini bildiradi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.93 KB
Ko'rishlar soni 356 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.93 KB
Ko'rishlar soni 356 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga