Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar

Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar - rasmi

Material tavsifi

Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar. Maqsadiga ko'ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel' investitsiyalarga bulinadi. Bevosita investitsiyalar - bu kapitalni tug'ridan-tug'ri eksporti bo'lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shoxobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo'ladi. xalqaro statistikada investitsiyalarni BXIlar turiga kiritish bo'yicha har xil yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini belgilovchi ko'rsatkich sifatida ular ega bo'lgan aktsionerlik kapitalining hissasi ko'rsatkichidan foidalaniladi. Bu ko'rsatkich AKSHda 10%, Frantsiya va Buyuk Britaniyada 20% ga yaqin, Germaniyada 25%dan 50% gacha, O'zbekistonda esa 49% darajasida belgilangan. SHuningdek, shu korxonaning boshqaruvida bevosita amalga oshirilaetgan investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi xam uning muhim belgilaridan biridir. Investitsiyaning bu ko'rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun mas'uliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o'rtasida taksimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi. BXI borasidagi yana bir yondashuv bu turdagi investitsiyalarni fakat mulkchilik kulami bilan, ya'ni aktsionerlik kapitalidagi ulushi bilan bog'liq, deb kursatadi. Unga muvofik BXIlarni: a) xorijda aktsiyalarni sotib olish orqali; b) foydani qayta investitsiyalash yordamida; v) firma ichki karzlari va karzdorliklari orqali amalga oshirish mumkin. Kupchilik iqtisodchilar bu shakllar etarli emas, deb hisoblashadi va asosli ravishda turli xil noaktsioner shakllar orqali bu ruyxatni davom ettirishadi (subkontraktlar, boshqaruv kelishuvlari, francheyzing, litsenzion kelishuvlar va boshqalar). BXIlarning shakl va usullariga bog'liq tushunchalar bilan bog'liq turli xil yondashuvlarning kupayishi kator muammolarni keltirib chikardi. Bu muammolar umumbashariy xarakterga ega bo'lib, nostandart yondashuvlar yechimini talab etadi. Bevosita investitsiyalar ikki guruhga bulinadi: 1. Transkontinental kapital kuyilmalar. 2. Transmilliy kuyilmalar. Transkontinental kapital kuyilmalar - investitsiya kiritish uchun kulay bozor sharoiti bo'lgan holda boshqa bir davlat yoki kontinentdan investitsiya eksportini amalga oshirishdir. Asosiy maqsad - bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab chiqarishni tashkil etish. Transmilliy kapital kuyilmalari asosan kushni davlatlarga amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad - bosh kompaniyaga nisbatan kilinadigan kapitalning harakatini minimum darajada amalga oshirish. Bevosita investitsiyalar ikki maqsadga yunaltiriladi: 1. YAngi kompaniya tashkil etish. 2. Bankrot bo'lgan kompaniyalarni xarid qilish. Portfel' investitsiyalar (portfoIio investments) - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xo'jalik faoliyati ustidan nazorat urnatish huquqini bermaydi. Xorijiy portfel' investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni yechish uchun murojaat kilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo'limlari mablag'larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o'tkazadilar. Bunday investitsiyalar kupincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.35 KB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.35 KB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga