Boshqaruv tamoyillari, maqsadi va vazifalari Korxonani boshqarish ma'lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillar boshqaruv faoliyati g'oyalarining tayanch va fundamental asoslarini tashkil etib, boshqaruv obyektlari va subyektlariga xos bo'lgan jarayonlar, voqea va hodisalarni ilmiy anglash hamda maqsadli foydalanishga imkon beradi. Boshqaruv tamoyillarini yaxshi o'zlashtirgan rahbarlargina boshqaruvning maqsadi va vazifalarini chuqur anglab, oqilona qarorlar qabul qilishi mumkin. Mehnat taqsimoti tamoyili mehnatni tashkil etish va boshqarishda vazifalar va majburiyatlarni xodimlar o'rtasida oqilona taqsimlash jarayonini anglatadi. Vakolatlilik va majburiyat. Vakolat boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon bersa, majburiyat uning natijalari uchun javobgarlik tamoyilini belgilab beradi. Intizom korxona xodimlari va ishchilarning belgilangan mehnat tartibi va qoidalarga so'zsiz rioya etishini va hurmat bilan yondoshishini talab etadi. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik. Yakkaboshchilik tamoyili korxona xodimlarining yagona rahbar buyruqlariga qat'iy bo'ysunushini talab qiladi. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquqlari, burchi va majburiyatlarini qat'iy belgilab qo'yishdir. Yakka boshchilikni kollegiallik, ya'ni qabul qilinadigan qarorlarda mutaxassislar va xodimlarning keng ishtiroki bilan qo'shib olib borish mumkin. Kollegiallik tamoyili har bir xodimning tashabbuskorligiga, o'z qobiliyatlarini namoyon qilishiga va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda faol qatnashishiga imkoniyat yaratadi. Maqsadning yagonaligi tamoyili korxonadagi barcha boshqaruv xodimlari, mutaxassislar va ishchilarning yagona maqsad va vazifalar yo'lida birlashishi zaruriyatini yuzaga keltiradi. Shaxsiy manfaatlar va korxona manfaatlarini qo'shib olib borish tamoyili - korxonaning har bir xodimi o'z shaxsiy manfaati yo'lida qattiq mehnat qilish bilan birga, o'z manfaatlarini korxona manfaatlaridan ustun qo'ymasligi lozimligini anglatadi. Shu bilan birga boshqaruvchilarning korxona manfaatlarini ko'zlab qabul qilgan qarorlari xodimlar va ishchilarning manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim. Moddiy va ma'naviy rag'batlantirish tamoyili asosida korxona xodimlarining mehnati natijalarini munosib taqdirlash orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish yotadi. Rejalilik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish iqtisodiy samaradorlikni ta'minlashning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarishni rivojlantirishining qisqa va uzoq muddatlarga mo'ljallangan yo'nalishlari, sur'atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. Tejamlilik va samaradorlik korxona faoliyatida moddiy-texnikaviy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali eng kam xarajatlar evaziga maksimal foyda olish muhimligini anglatadi. Javobgarlik va tavakkalchilik. Boshqaruvchi o'z faoliyati natijalari uchun ma'lum bir javobgarlikka ega bo'lishi, bunda ma'lum tavakkalchilik (risk) elementlarini ham hisobga olishi lozim. 11. Boshqaruv etikasiga rioya etish. Bu tamoyil boshqaruv xodimlaridan bilimli, madaniyatli va xushmuomala bo'lishni, xodimlarga ishonish va ularni eshita bilishni talab etadi. 12. Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish. Kuchli raqobat sharoitida korxonani sinmasligi uchun boshqaruvchilar doimo o'z ustilarida tinmay ishlab, boshqaruv usullarini takomillashtirib borishlari va bozordagi o'zgarishlarga moslashishlari kerak. Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish jarayonida bu umumiy qonuniyat va tamoyillar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.03 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.03 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:35 ]
Arxiv ichida: doc