Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari Boshqaruv usullari boshqaruv subyektining muayyan natijalarga erishish maqsadida boshqaruv obyektiga ta'sir o'tkazish usullari yig'indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etiladi. Boshqaruv usullarining nazariy asoslarini chuqur va atroflicha tahlil etish lozim bo'ladi. Negaki, eng maqbul usullar ham noto'g'ri qo'llanilganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqaruv usullarini turkumlashga turlicha yondashuvlar mavjud. Ammo har qanday inson yoki jamoaga faqatgina ularning manfaatlariga mos keluvchi ta'sir choralarini qo'llash samarali hisoblanadi. Ta'sir ko'rsatish mazmuniga ko'ra boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud. tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta'minlovchi ta'sir etish tizimidan iboratdir. Ko'p hollarda tashkiliy ta'sir ma'muriy huquq va hokimiyat kuchini qo'llash, ya'ni buyruq, qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi (3-chizma). tashkiliy-farmoyish usullari direktiv xarakterga ega bo'lib, ularni bajarmaslik moddiy, ma'naviy va ma'muriy shakldagi javobgarlikka sabab bo'ladi. Hokimiyat - boshqaruvchining irodasi, ta'sir kuchi, qobiliyatlari va malakasi, obro'si va tashkiliy-huquqiy vakolatlari doirasida xodimlarning mehnat faoliyatiga ta'sir o'tkazish imkoniyatlari va usullarini ifodalaydi. Ma'muriy-tashkiliy ishlar mehnat jarayonlarini reglamentga solish va me'yoriy normativlarni belgilash orqali ham amalga oshiriladi. Reglamentga solish boshqaruv tuzilmalari va xodimlari faoliyatini qonunlar, qoidalar, buyruqlar, nizomlar orqali aniq belgilab qo'yish va ularni qo'llashga oid yo'riqnomalar ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari har bir mansabning bajaradigan ishlari turlarini, vakolatlarini, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradigan mansab yo'riqnomalari ham ishlab chiqilishi mumkin. Me'yorlash, o'z navbatida, mehnat sharoitlari, ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy, mehnat va kapital sarflarini hamda ishlab chiqarish natijalarini ma'lum bir normativlar, kvotalar o'rnatish orqali miqdoriy chegaraga solishni anglatadi. 3-chizma. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari tarkibi Me'yorlarni vaqt sarfi (ish yoki mahsulot birligini yaratishga sarflangan vaqt sarfi), ish yoki mahsulot hajmi (bir ish soati, kuni yoki smenasida bajariladigan ish yoki ishlab chiqariladigan mahsulot) va miqdor sarfi (mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarishga sarflanadigan moddiy, mehnat va kapital sarflari) bo'yicha o'rnatish mumkin. Ayrim hollarda obyektiv (iqtisodiy sharoitlarning o'zgarishi, noqulay iqlim va ob-havo ta'siri, texnikaning ishdan chiqishi va boshqalar) va subyektiv (mehnat intizomining buzilishi, mahsulot sifatining pasayib ketishi, mas'uliyatsizlik va g'ayriqonuniy xatti-harakatlar) omillar ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday holatlarda ishlab chiqarishdagi uzluksizlik tashkiliy-farmoyish va ma'muriy usullar orqali tartibga solinadi. tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta'minlaydi, boshqaruvning har bir bo'g'ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta'minlaydi, xodimlarni tanlaydi va joy-joyiga qo'yadi, buyruqlar va farmoyishlarning bajaralishini nazorat etadi, ishda tartib o'rnatadi ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.6 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.6 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:35 ]
Arxiv ichida: doc