Bozor infrastrukturasi Infrastruktura (lot. infra - quyi, asos, structura - tuzilish, o'zaro joylashuv), milliy xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va sotsial sferaning umumiy sharoitini ta'minlash uchun xizmat qiladigan sohalar kompleksini ifodalaydi. Bozor infrastrukturasi: milliy xo'jalik infrastrukturasining muhim qismi bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bozor infrastrukturasi turli-tuman bozor subyektlari o'rtasida ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bozor infrastrukturasi ham murakkab tuzilishga ega. Ayrim soha, tuzilma, muassasalar, tashkilot va xizmatlar faqatgina alohida turdagi bozorlarda ayirboshlashni normal bo'lishini ta'minlashga xizmat qilsa (masalan, tovar birjalari, savdo uylari, auktsion kabilar tovarlar bozori uchun mehnat birjalari mehnat bozori, fond birjalari qimmatbaho qog'ozlar bozoriga), boshqalari barcha bozorlar turiga (chunonchi, reklama va boshqalar) xizmat qiladi. Uchinchi turdagilari ishlab chiqarish, sotsial va qishloq xo'jaligi infrastrukturasiga ham taalluqli. Bularga umumiy tarzda xizmat qiluvchi sektorlar (yo'l, transport, energetika, suv ta'minoti, aloqa tizimi va boshqalar) kiradi. Bozor infrastrukturasi - inson aql-zakovati bilan sinab ko'rishlar va xatoliklar usuli orqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib boradigan va o'zining murakkabligi bilan olimlar, davlat arboblari va amaldorlar, tadbirkorlar va barcha fuqarolarning favqulodda e'tiboriga muhtoj bo'ladigan ulkan tizimdirki, u inson mahsulot va xizmatlar iste'molchisi sifatida duch keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste'molchilar sifatida bu sohalarni yaxshilanishidan manfaatdormiz. Bozor infrastrukturasi tovarlar va xizmatlar harakatini tartibga solishda qatnashadi. Bozor infrastrukturasi turli tuzilmalar orqali kishilarning vaqtini tejaydi. Bozor iqtisodiyotida «Vaqt-pul» bo'ladiki, o'zi shug'ullanib vaqtini ketkazmaslik uchun yakka tartibda ko'rsatiladigan xizmatdan foydalanishni afzal biladilar. Infrastrukturaning maqsadi - to'lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o'zaro yon berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat. Infrastruktura «hazrati oliylari» - talabga bo'ysunadi, unga har tomonlama monand bo'lishga intiladi. Iste'mol ehtiyojining cheklanishi infrastruktura bo'g'inlarini bozor qoidalariga binoan «raqsga tushishga» majbur qiladi, raqobatni kuchaytiradi, unga madaniy tus bag'ishlaydi. Infrastruktura qanchalik rivojlangan bo'lsa, bozor o'yini qoidalarini buzish qiyinroq bo'la boradi. Albatta, infrastruktura tuzilmalari turli xizmatlar ko'rsatgani uchun xarajatlarni qoplashi, foyda olish, soliqlar to'lashi kerak. Bu so'zsiz tovarlar va xizmatlar narxini ortishiga sabab bo'ladi. Lekin o'z maqsadlariga erishish uchun: - o'z ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib boradi; - bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ishlab chiqarishga bozor talabini yetkazish orqali ishlab chiqarish qoidalarini joriy tartibga solinishi ta'minlanadi; - tovarlarni bozor narxini belgilaydi, shu maqsadda birja mexanizmidan foydalaniladi; - tovarlar va xizmatlar bozorida marketing asosida buyurtmachi rolini bajarib, barcha iste'molchilar nomidan ish olib boriladi. Infrastrukturaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha: qabul qilish, yuvib-tozalash, quritish, saralash, ajratish, qadoqlash, o'rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to'plash, sovitish va iste'molchilarga bir maromda yetkazib berish. 2.Sanoat mahsuloti bo'yicha: qabul qilish, o'rash, paketlash, saqlash, talabga binoan iste'mol ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.74 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.74 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: doc