Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari - rasmi

Material tavsifi

Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari. Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o'rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo'jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug'o'rta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo'g'inini tashkil qilib, ularga ma'lumotlarni to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga ko'maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o'rtasida aloqa o'rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo'lib, ko'rsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar muhim o'rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz. Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo - sotiq ishlarini o'tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatbaho qog'ozlar va chet el valyo'talarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o'rtasida turib, unga bo'lgan talab va taklifni bir-biriga bog'laydi. Birjaning barcha shakllarida kelishuvning xarakterli belgisi tovar, aksiya va valyuta kurslariga, bahoning tebranib turishiga chayqov yo'li bilan ta'sir qilishdir. Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to'g'risida bitim tuzadi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to'lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig'iga ko'ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o'z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo'lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. Auksionlar - alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro'yxati bo'yicha, ommaviy sotuvga qo'yish yo'li bilan o'tkaziladi. Auksion elon qilingan vaqtda va malum davrda o'tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.75 KB
Ko'rishlar soni 420 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.75 KB
Ko'rishlar soni 420 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga