XII BOB. BOZOR IЌTISODIYoTI ShAROITIDA RAЌOBAT 1-§. Raќobat va uning shakllari Bozor iќtisodiyotining muЏim afzalliklaridan biri uning raќobotga asoslanganligidir. Raќobot bo'lmasa iќtisodiyot rivojlanmaydi. Raќobot kishilik jamiyatining barcha jabЏalariga xos. Raќobot ќaysi jabЏada olib borilishidan ќati nazar uning markazida inson manfaatlari turadi. Inson tabiatan o'zini, o'z manfaatlarini o'ylaydigan ќilib yaratilgan. Ћar bir inson o'z imkoniyatlarini namoyon ќilish, farovon Џayot kechirish, kishilar o'rtasida obro'-etibor ќozonish (kabilar) uchun Џarakat ќiladi. Kishilik jamiyati Џayotining asosini iќtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, demak jamiyat Џayotida iќtisodiy soЏalardagi raќobat asosiy rol o'ynaydi. Malumki, tirik tabiatda Џam yashash uchun kurash uzluksiz davom etadi. Ћar ќanday tizim: biologik, fizik, kimyoviy, iќtisodiy Џammasi mutanosiblikka intiladi. Raќobat ana shu mutanosiblikning optimal darajada bo'lishini ta'minlaydi. Raќobat (konkurensiya) lotincha - cancuro degan so'zdan olingan bo'lib, to'ќnashuv degan manoni bildiradi. O'zbek tilida raќobat kim o'zdi, basma-baslikka bellashuv manosini anglatadi. Basma-baslikka kim bilan bellashiladi? Raќib bilan. Raќiblar - bir-biriga ќarama-ќarshi turuvchilar bo'lib, biror narsani talashuvchilar manosini ifodalaydi. Demak, raќib so'zi bilan konkurensiyaning manolari yaќin. Iќtisodiyotning barcha ishtirokchilari bir-biri bilan raќobatlashadi. Ijtimoiy faoliyat jarayonida manfaatlar to'ќnashuvi yuz beradi. Ana shu to'ќnashuvda kuchlilar yutib chiќadi, zaiflar maƒlub bo'ladi yoki Џar ikki tomon mavjud shart-sharoitlardan kelib chiќib o'zaro manfaatli bitim tuzadi. Tabiiy savol tuƒilishi mumkin, nima sababdan raќobat yuz beradi? Raќobatning asosiy sababi, yuќorida takidlab o'tilganidek, manfaatlarning mavjudligidir. Ћar bir kishining manfaati esa uning mulki doirasida aloЏidalashgan. Ћar bir kishi o'z manfaati yo'lida Џarakat ќiladi. Raќobatni iќtisodiy nuќtai nazardan ќisќa ќilib ta'riflaydigan bo'lsak, ќuyidagicha ifodalash mumkin. Raќobat iќtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o'z manfaatlaridan kelib chiќib, yuќori daromad olish imkoniyatiga, nufuzli mavќeiga ega bo'lish uchun bosh-ќalar bilan bellashuvi, kurashidir. «Raќobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning ќonunidir.» Bozor iќtisodiyoti sharoitida raќobat ќonuni amal ќiladi. Bu ќonunga ko'ra iќtisodiy subyektlarning maќsadlariga ko'ra o'z manfaatlaridan kelib chiќib o'zaro kurashishlari muќarrar bo'ladi. Bu ќonun barcha iќtisodiy ќonunlar kabi obyektiv xarakterga ega. Sababi iќtisodiy muЏitning o'zi uni amal ќilishini taќozo ќiladi. Chunki, birinchidan, insonga tabiatan o'z-o'zini saќlash instinkti berilgan, Avval takidlab o'tganimizdek uni Џech Kim, Џech ќanday cheklovlar yo'ќќa chiќara olmaydi. Ikkinchidan, o'zlashtirish mulk doirasida amalga oshadi. Istemol o'zgarishi uchun mulk ќayta taќsimlanishi kerak. Resurslar mulk bo'lar ekan, cheklangan ekan, undan samarali foydalanish obyektiv zaruriyatga aylanadi. Zaruriyat mavjud ekan, inson doimo uni amalga oshirish uchun Џarakat ќiladi, tinmay izlanadi, doimo o'z manfaatini Џimoya ќiladi. Raќobat ќonuni barcha jabЏalarga xos, uning amal ќilish doirasi kengayib boradi. Raќobat kurashi turli tarzda namoyon bo'ladi. Bozorda firmalar resurslarni arzon olish, o'z tovarlarini ќimmatroќќa sotish, shuni asosida ko'proќ ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
180.74 KB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
180.74 KB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: doc