Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot Jamiyat insonlardan tarkib topar ekan, ularning har birini o'z shaxsiy hayoti, hayotdan maqsadi, orzusi mavjud. Xar bir kishi jamiyatda yashaganligi tufayli bu orzu-maqsadlarni amalga oshirish jamiyat orqali sodir bo'ladi. Pirovard natijada har bir kishining taqdiri jamiyat va undagi hukmron sotsial-iqtisodiy tizim bilan bog'liq bo'ladi. Xar bir inson farovon yashashga, kishilar o'rtasida obro'-e'tibor qozonishga, qolaversa o'zidan so'ng tarixda nom qoldirishga intiladi. Tadqiqotchi-psixologlarning fikricha insoniyatning asosiy qismi farovon yashash uchun harakat qilar ekan. Turmush farovon bo'lishi uchun turli-tuman ne'matlar mo'l-ko'l bo'lishi kerak. Bunday mo'l-ko'llikni yuqori darajadagi mehnat unumdorligi ta'minlaydi. Kishilik jamiyati o'z taraqqiyoti davomida mehnat unumini oshirish uchun insonni mehnatga jalb qilishning turli yo'llarini qo'llagan. Ularni asosan 3 guruhga bo'lish mumkin: a) mehnatga majbur qilish; b) mehnatga iqtisodiy rag'batlantirish; v) mehnatga ma'naviy rag'batlantirish. Bu usullar birgalikda qo'llanib kelingan, lekin tarixiy rivojlanish bosqichlarida, turli sotsial-iqtisodiy tizimlarda ularning nisbati turlicha bo'lgan. Inson ongida har doim o'z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon sodir bo'lib turadi. U o'z ishining natijasini baholanishini, taqdirlanishini doimo tahlil etadi. Agar mehnatini taqdirlanishidan ko'ngli to'lmas ekan, hafsalasi pir bo'ladi, ishga qo'li bormaydi. Xar bir insonning mehnat qilishi va mehnati munosib taqdirlanishi jamiyat taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi. Insonning fe'l-atvoriga to'g'ri keladigan mehnatga jalb qilish-ning eng ma'quli mehnatga iqtisodiy rag'batlantirish ekan. Bu usulni ustun darajada bozor iqtisodiyoti sharoitidagina keng qo'llashga imkoniyat yaratiladi. Mulkning turli-tumanligi va teng-ligi, raqobat kurashi, iqtisodiy faoliyat erkinligi buning uchun asos yaratadi. Xar bir insonning hayot tarzi, turmush darajasi, eng avvalo uning topgan daromadiga bog'liq. Umuman olganda daromad olishning ikki yo'li mavjud: 1. Mehnat evaziga. 2. Mulki evaziga. Mehnat evaziga olinadigan daromad mehnatni iqtisodiy rag'batlantirish bilan bog'liq. Mehnat evaziga daromad topish hozirgi paytda ham asosiy o'rinda turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir inson o'z aqli, zakovati, salohiyati, malakasi, qiziqishi, tajribasiga qarab xohlagan mehnat faoliyati bilan shug'ullanish imkoniga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi bozor iqtisodiyotining umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko'rsatdi. Chunki, bozor iqtisodiyoti jamiyat a'zolarining asosiy maqsadi farovon hayot kechirishni amalga oshirish uchun zarur imkoniyat yaratish bilan boshqa iqtisodiy tizimlardan ustun turadi. Uning eng muhim afzalligi har bir kishini mehnat unumini oshirish uchun rag'batlantiradi. «Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag'batlantirishni va yo'qotilgan xo'jayinlik tuyg'usini qayta tiklaydi»1. Bozor iqtisodiyotida daromad manbalaridan biri mulk hisoblanadi. Mulk egalari o'z mulklarini daromad topish maqsadida ishlatar ekan, u o'z navbatida mulkdan asrab-avaylab foydalanishga, eng samarali variantlarini topib ishlatishga undaydi. Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan biri resurslarni samarali taqsimlanishini ta'minlashdir. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.88 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.88 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: doc