Bozor iqtisodiyotida davlatning roli Reja: Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari. Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish. Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e'tiborga olgan holda qayta taqsimlash. Resurslarni qayta taqsimlash. 1. Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari. Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko'rinmas ko'l»i uni yo'naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot o'zini- o'zi samarali boshqara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iqtisodiyotda mavjud barcha resurslardan to'lik foydalanishni va baholarning barqaror darajasini ta'minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chiqarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas. Bozor iqtisodining ko'zda tutilmagan salbiy samaralari kuyidagilar: bozorni monopollashuvi xavfi; jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saqlash ,fundamental tadqiqotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo'kligi; atrof muhitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi; ijtimoiy tengsizlik, aholi daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o'sishi; resurslarni adolatsiz taxsimlanishi xavfi; iqtisodiyotning bekaror rivojlanishi, iqtisodiy inqirozlarning ro'y berishi va x.k. Sof bozor uchun xos bo'lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirishga qaratilgan, asosiy funksiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro'y berdi, va ko'pchilik davlatlarning bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti xam emas. «iqtisodiyotni barqaror amal qilishi uchun ikki tashkiliy kism- bozor va hukumat zarur. Ularsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish -xuddi bitta ko'l bilan karsak chalish bilan barobardir»* ilg'or davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inqiroziy hodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi. Davlatning iqtisodiy funksiyalari ko'p va xilma-xildir. SHuning uchun tahlilimizda davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalarinigina ko'rib chiqamiz. Davlatning asosiy ikvtisodiy funksiyalariga kuyidagilar kiradi: 1. bozor tizimi samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan huquqiy baza va ijtimoiy muhitni ta'minlash; 2. rakobat muhitini yaratish va uni himoya qilish. 3. ijtimoiy ne'matlar bilan ta'minlash maqsadida resurslarni qayta taksimlash; 4. atrof muhitni himoya qilish; 5. daromad va boyliklarni qayta taksimlash; 6. iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya'ni, iqtisodiy kon'yukturaning o'zgaruvchanligi natijasida paydo bo'ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o'sishni ragbatlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun asos bo'ladigan ayrim xizmatlarni va huquqiy bazani ta'minlash vazifalarini zimmasiga oladi. huquqiy bazani ta'minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqarishda va bu qonunlarni bajarishni ta'minlash hamda nazorat qilishda namoyon bo'ladi. Davlat, shuningdek xalqaro munosabatlarni yo'lga ko'yib o'z tadbirkorlaring mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to'lovlari bo'yicha o'zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda hukumatlararo kelishuvlar orqali erishiladi. tashqi savdoni ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.26 KB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.26 KB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: docx