Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri

Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri - rasmi

Material tavsifi

Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning O'zbеkistondagi xususiyatlari 6.1. O'tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari 6.2. O'zbеkistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari 6.3. O'zbеkistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo'nalishlari 6.4. O'zbеkistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati 6.5. Mamlakatni jadal isloh etish va modеrnizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo'nalishlari Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri - ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi to'rtta asosiy turga bo'linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo'li; 4) sotsializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kеltirish mеxanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li. Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo'llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mеxanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kеlib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati - bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo'lining muhim bеlgisi markazlashtirilgan, ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo'jalikni sotsializm qurish g'oyalari asosida yuritib kеlgan, kеyinchalik ushbu g'oyalarning muhim jihatlarini saqlab qolgan holda bozor mеxanizmlarini uyg'unlashtirish orqali o'ziga xos o'tish yo'lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko'rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vеtnam kabi ilgari faqat ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kеltirish borasida sеzilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarining o'ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga rеvolyutsion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyutsion yo'l bilan, ya'ni bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o'tkazish, avvalgi tizimni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.62 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.62 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga