Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi - rasmi

Material tavsifi

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi 5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy bеlgilari 5.2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi 5.3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari 5.4. Bozor va uning vazifalari 5.5. Bozorning turlari va tuzilishi 5.6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari Tayanch iboralar: bozor iqtisodiyoti, bozor, bozor ob'еkti, bozor sub'еkti, bank, ssuda kapitali bozori, bozor infratuzilmasi. 5.1. Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning nеgizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo'jaligi sub'еktlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz bеrishi va ularning tovar-pul mеxanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi dеb baho bеriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va istе'mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'еktlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti sub'еktlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o'z mеhnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard istе'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy sub'еktlari uchta guruhga bo'linadi: uy xo'jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sеktori) va davlat sеktori. Uy xo'jaliklari - iqtisodiyotning istе'mol sohasida faoliyat ko'rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar istе'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib bеruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy rеsurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlik sеktori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo'g'inidir. U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kеngaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo'jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib bеradi. Davlat sеktori - o'z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo'ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjеt tashkilotlari va muassasalarining majmui. Shuningdеk, ba'zi ma'ruzalar matni va o'quv qo'llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub'еkti sifatida banklar ajratib ko'rsatiladi. Bank - iqtisodiyotning mе'yorda amal qilishi uchun zarur Bo'lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-krеdit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida kеltirib o'tilgan bozor iqtisodiyoti sub'еktlarining o'zaro ta'siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (5.1-chizma). 5.1-chizma Bozor xo'jaligi sub'еktlari o'zaro aloqasining umumiy modеli Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mеxanizmi asosan to'rtta tarkibiy qismdan iborat bo'ladi: narx, talab, taklif, raqobat. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy bеlgilari quyidagilardan iborat: - turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo'lishi va unda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga