Bozor konstitutsiyasi normalari

Bozor konstitutsiyasi normalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bozor konstitutsiyasi normalari - rasmi

Material tavsifi

Bozor konstitutsiyasi normalari Bozor konstitutsiyasi - bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o'zaro shartlangan normalari yig'indisini tashkil etadi. Bozorlardagi barqaror muvozanat bozor normalaridan foydalanishning natijasi hisoblanadi Bozor konstitutsiyasining asosida yotuvchi birinchi norma - murakkab utilitarizm normasi bo'lib, u nafaqat individni o'zining foydaliligini oshirishga yo'naltirishni, balki uning olinadigan foyda bilan o'zining samarali faoliyati o'rtasidagi aloqani anglab etishini nazarda tutadi. Yani, murakkab utilitarizm - individ tomonidan o'z foydaliligining samarali faoliyat asosida oshirilishidir. Murakkab utilitarizm normasi individning ehtiyojlar darajasi va samarali faoliyati o'rtasidagi nomuvofiqlikni istisno etadi. Bazan, bunday nomuvofiqlik yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga va yuqori mehnat samaradorligiga ega bo'lmagan mamlakat aholisi o'rtasida yuqori istemol standartlarining tarqalishida yuzaga keladigan «nomuvofiq kutishlar inqiloblari» asosida yotadi. Ushbu vaziyatda asosan ommaviy axborot vositalari orqali yuz beradigan yangi istemol standartini qabul qilish jamiyatda hukmronlik qiluvchi samarali faoliyat modeliga taalluqli bo'lmaydi. Bundan tashqari, qulay sharoitlar mavjud bo'lganida oddiy utilitarizm foydalilikni oshirishni rentani qidirishga aylantirishni nazarda tutadi. Mukammal raqobat vaziyatidan har qanday chetga chiqish, almashish (ta'riflar, kvotalar) uchun cheklovlar o'rnatilishi oddiy utilitarizm say-harakatlarini rentani qidirishga yoki, boshqacha aytganda, foydaga samarasiz yo'naltirilishga aylantiradi. Individning rentani ko'paytirishga intilishini normativ cheklash sifatida murakkab utilitarizm, yani individ tomonidan boshqalar ziyoniga emas, balki faqat o'z faoliyati hisobidan yutuqqa erishish mumkinligining tan olinishi muqobil variant hisoblanadi. Agar utilitarizm normasi individning maqsadli funksiyasini belgilasa, ratsional maqsadli fel-atvor (xulq, xatti-harakat) normasi foydalilikni muayyan vazifalarning hal etilishi bilan bog'lagan holda oshirishni muayyanlashtiradi. Malumki, ratsional maqsadli fel-atvor individ tomonidan o'zining ratsional qo'yilgan va o'ylangan maqsadiga erishish uchun tashqi olam predmetlari va insonlarning malum fel-atvoridan foydalanishini nazarda tutadi. Axborotning to'liqsizligi va uni qayta ishlash bo'yicha kognitiv qobiliyatlarning cheklanganligi sharoitida ratsional maqsadli fel-atvor nayrang qilishga aylanadi: agar individ katta hajmdagi axborotga ega bo'lsa, u o'zining kontragenti bilan nayrang qiladi. Individ shu usul bilan atrofidagilarni o'z maqsadiga - foydalilikni oshirishga erishish vositasiga aylantirishga urinadi. Ayrim agentlarning foydalnilgan avtomobillar bozori va «ma'naviy xatar» bilan bog'liq sug'o'rta bozorida boshqalarni ziyonga uchratishi axborot asimmetriyasidan foydalanishga klassik misol bo'ladi. Bunday ayyorlik, yaqqol yoki nozik shaklda aldash bilan shaxsiy manfaat ko'zlanadigan xatti-harakatga opportunizm nomi berilgan. Ratsional maqsadli fel-atvorni opportunizmga aylantirishga qarshi kafolatlar barcha ishtirokchilar faoliyatining quyidagi yo tarkibiy yoki rasmiy-huquqiy jihatlari bilan tavsiflanadi: mukammal kognitiv qobiliyat va almashuvda to'liq axborotga ega bo'lish; shartnoma tuzishda maxsus taomillardan foydalanish. Ikkinchi jihat optimal shartnoma nazariyasini maxsus o'rganish predmeti hisoblanadi, shuning uchun bu yerda bozor konstitutsiyasining ikkinchi unsuri sifatida to'liq ratsionallik mezonlariga javob beruvchi ratsional maqsadli fel-atvorni takidlash lozim. Maqsadli ratsional fel-atvor shakllanishining asoslardan biri atrof-muhit predmetlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.65 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.65 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga