1X BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYaLARI. BOZOR MUVOZANATI. 1-§. Talab va uning o'zgaruvchanligi. Talab elastikligi Bozor, eng avvalo iste'molchi bilan ishlab chiќaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o'rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiќadi. Xaridorning bozordagi Џarakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo'ladi. Bozor iќtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir. Talab - bu pul mablaƒlari bilan ta'minlangan eЏtiyojning bozorda namoyon bo'lishidir. Boshќacha aytganda talab to'lov ќobiliyatiga ega bo'lgan eЏtiyojdir. Ko'ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo'lmasa, u xoЏishligicha ќoladi, pul bo'lgandagina u talabga ay-lanadi. Talab o'z ichiga aЏolining istemol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiќaruvchilarning iќtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Ayrim xaridor, turli iste'molchilar, guruЏiy yoki butun mamlakat miќyosida xarid ќilib olishni xoЏlayotgan aniќ turdagi tovar Џajmi talab ќilingan tovar miќdori deyiladi. iste'molchilar xarid ќilishni xoЏlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miќdorini farќlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xoЏlaganlariga ќaraganda kamroќ sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miќdorda pulga ega emasliklarini ko'rsatadi. Odatda, talab deganda eng avvalo, aЏoli talabi nazarda tutiladi. U yuќori darajada dinamizm - o'zgarishi bilan ajralib turadi. AЏoli talabiga ko'ra ishlab chiќarish talabi shakllanadi. Umuman iste'molchilar talabini ikkiga bo'lish mumkin: 1. Individual talab - ayrim aloЏida xaridorning talabi. 2. Bozor talabi - xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo'lgan talablarining yiƒindisi. Tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talablarni xarakteri va boshќa jiЏatlaridan ќarab turli guruЏlarga bo'lish mumkin. Jamiyat miќyosida talabni, o'z navbatida istemolning maќsadiga ko'ra ikki guruЏga bo'lish mumkin: istemol mollariga talab, iќtisodiy resurslarga talab. Istemol mollari aЏolini eЏtiyojini ќondirsa, resurslar esa ishlab chiќarish eЏtiyo-jini ќondiradi. Ќanday eЏtiyojlarni ќondirishlariga ko'ra talab ќuyidagi guruЏlarga bo'linadi: 1. Fiziologik talab - oziќ-ovќat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o'xshashlar. 2. Ijtimoiy-psixologik talab - obro'-etibor, moda va boshќalar. 3. Iќtisodiy talab - daromad, narx-navo va shunga o'xshashlar. 4. Sotsial talab - turmush darajasi, jamiyatdagi muЏit va bosh-ќalar. Tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabning ќondirilish darajasiga ќarab: ќondirilishi kechiktirilgan talab, barќaror ќondirilgan talab, normal talab, aynigan talablarga bo'linadi. Kechiktirilgan talab nosoƒlom iќtisodiyot va muvozanati buzilgan bozorga xos. Uning ortib borishi iќtisodiy tanglikni, inќi-rozni yanada chuќurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. Korxona, tashkilot, aЏoli ќo'lida to'plangan pul bozorga tazyiќ o'tkazadi. Talab borgan sari o'sib boradi. Buning sababi: - eЏtiyojlar o'sib boradi; - daromadlar o'sadi; - meЏnat unumdorligi va ishlab chiќarish o'sadi. Muvofiќ ravishda taklif o'sadi; - madaniyat yuksalib boradi. Talab odatda tez o'zgaradi. Talab o'zgarishi deganda u yoki bu tovarga bo'lgan talabning absolyut miќdorining o'zgarishi tushuniladi. Tovarlar va xizmatlarga bo'lgan ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
718.62 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
718.62 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: doc