Bozor tushunchasi. Bozorning iqtisodiyot uchun ahamiyati Hozirgi zamon iqtisodiyoti bu - bozor iqtisodiyotidir. U yer yuzidagi turli mamlakatlarda har xil darajada, o'ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti deganda, eng avvalo diqqat-e'tiborimizni qaratadigan tushuncha bu - bozor tushunchasidir. Chunki bozor iqtisodiyotining markazida tabiiy bozor turibdi. Xo'p, bozor o'zi nima? Bozor, eng avvalo sotuvchi va xaridorlarning uchrashadigan joyi sifatida vujudga kelgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qabilalar o'zlarining ortiqcha mahsulotlarini ayirboshlaydigan bo'lganlar. Buning uchun ma'lum joy va vaqt belgilangan. Hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning vujudga kelishi tufayli oldi-sotdi qilish uchun maxsus joy, maydonlar ajratilgan. Hozir ham xalq orasida bozor deganda oldi-sotdi qilinadigan maxsus maydon, joy tushuniladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi pulning vujudga kelishi natijasida oldi-sotdi bir vaqtda hamda bir joyda yuz bermasligi mumkin bo'-lib qoladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tufayli savdo bilan shug'ullanuvchilar ajralib chiqadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning yangi tarkibi - muomala sferasi vujudga keladi. Natijada bozorni faqat oldi-sotdi qilinadigan joy deb ta'riflash reallikni etarli darajada ifodalay olmaydi. Endi bozorni yangicha ayirboshlash aloqasi, munosabati sifatida ham tushuniladigan bo'ldi. Iqtisodiyot nazariyasida bozor deganda aynan ana shu ayirboshlash munosabati tushuniladi. Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Ammo, u har qanday ayirboshlashni emas, balki pul vositasidagi, oldi-sotdi shaklidagi ayirboshlashni bildiradi. Agarda ayirboshlash jarayonida pul ishtirok etmasa, bir tovar boshqasiga to'g'ridan-to'g'ri almashganda bozor munosabatlari yuzaga kelmaydi. Bozorning eng muhim sharti ayirboshlash jarayonida pulning vositachilik qilishidir. Bunda tovar muomalasi yuz berib, u ikki jarayonni birgalikda borishini ta'minlaydi. Bunda o'z-o'zidan tovar - pul (T-P), pul - tovar (P-T) munosabatlari yuzaga keladi. Shu ikki munosabatda tovarni taklif etuvchi sotuvchi va talab qiluvchi xaridor ishtirok etishi shart. Bozor bu - sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlari, ularning o'zaro aloqasidir. Sotuvchilar bilan xaridorlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari bozorni keltirib chiqarar ekan, bozor ularni birlashtiruvchi mexanizm bo'lib xizmat qiladi. Bu mexanizmda talab va taklif uchrashadi. Agar biz talabni - xaridor tomonidan bo'ladi desak, taklif ishlab chiqaruvchi va sotuvchi qo'lida bo'ladi. Bozor subyektlari o'z manfaatlarini ko'zlab ish yuritar ekan, ularning xatti-harakatini muvofiqlashtiradi. Shu orqali ularning manfaati amalga oshadi. Bozor aloqalari narx-navo asosiga o'rnatiladi. Narxda asosan oldi-sotdi amalga oshadi va rasmiylashtiriladi. Bozorda hamma teng huquqli. Bozor deganda yoshligimizdan bilamizki, u oldi-sotdi qilinadigan joy. Xaridor bilan sotuvchi uchrashib, har ikkisi ham o'z manfaatini amalga oshiradi, ya'ni biri sotadi, ikkinchisi oladi. Mana shu ayirboshlash maxsus joy bozorda amalga oshadi. Shu bilan birga ayirboshlash jarayonini qanday tarzda amalga oshirilishini yozilgan va yozilmagan, ya'ni maxsus belgilangan va belgilanmagan ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.26 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.26 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: doc