VII BOB. BOZOR VA UNING TUZILIShI 1-§. Bozor tushunchasi. Bozorning iќtisodiyot uchun aЏamiyati Ћozirgi zamon iќtisodiyoti bu - bozor iќtisodiyotidir. U yer yuzidagi turli mamlakatlarda Џar xil darajada, o'ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoќda. Bozor iќtisodiyoti deganda, eng avvalo diќќat-etiborimizni ќaratadigan tushuncha bu - bozor tushunchasidir. Chunki bozor iќtisodiyotining markazida tabiiy bozor turibdi. Xo'p, bozor o'zi nima? Bozor, eng avvalo sotuvchi va xaridorlarning uchrashadigan joyi sifatida vujudga kelgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ќabilalar o'zlarining ortiќcha maЏsulotlarini ayirboshlaydigan bo'lganlar. Buning uchun malum joy va vaќt belgilangan. Ћunarmandchilikning rivojlanishi, shaЏarlarning vujudga kelishi tufayli oldi-sotdi ќilish uchun maxsus joy, maydonlar ajratilgan. Ћozir Џam xalќ orasida bozor deganda oldi-sotdi ќilinadigan maxsus maydon, joy tushuniladi. Ijtimoiy meЏnat taќsimotining chuќurlashuvi, tovar ishlab chiќarishning rivojlanishi pulning vujudga kelishi natijasida oldi-sotdi bir vaќtda Џamda bir joyda yuz bermasligi mumkin bo'-lib ќoladi. Ijtimoiy meЏnat taќsimoti tufayli savdo bilan shuƒullanuvchilar ajralib chiќadi. Ijtimoiy ishlab chiќarishning yangi tarkibi - muomala sferasi vujudga keladi. Natijada bozorni faќat oldi-sotdi ќilinadigan joy deb ta'riflash reallikni etarli darajada ifodalay olmaydi. Endi bozorni yangicha ayirboshlash aloќasi, munosabati sifatida Џam tushuniladigan bo'ldi. Iќtisodiyot nazariyasida bozor deganda aynan ana shu ayirboshlash munosabati tushuniladi. Bozor iќtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiќarishning ayirboshlash bosќichiga xosdir. Ammo, u Џar ќanday ayirboshlashni emas, balki pul vositasidagi, oldi-sotdi shaklidagi ayirboshlashni bildiradi. Agarda ayirboshlash jarayonida pul ishtirok etmasa, bir tovar boshќasiga to'ƒridan-to'ƒri almashganda bozor munosabatlari yuzaga kelmaydi. Bozorning eng muЏim sharti ayirboshlash jarayonida pulning vositachilik ќilishidir. Bunda tovar muomalasi yuz berib, u ikki jarayonni birgalikda borishini ta'minlaydi. Bunda o'z-o'zidan tovar - pul (T-P), pul - tovar (P-T) munosabatlari yuzaga keladi. Shu ikki munosabatda tovarni taklif etuvchi sotuvchi va talab ќiluvchi xaridor ishtirok etishi shart. Bozor bu - sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiќќan iќtisodiy munosabatlari, ularning o'zaro aloќasidir. Sotuvchilar bilan xaridorlarning birgalikdagi say-Џarakatlari bozorni keltirib chiќarar ekan, bozor ularni birlashtiruvchi mexanizm bo'lib xizmat ќiladi. Bu mexanizmda talab va taklif uchrashadi. Agar biz talabni - xaridor tomonidan bo'ladi desak, taklif ishlab chiќaruvchi va sotuvchi ќo'lida bo'ladi. Bozor subyektlari o'z manfaatlarini ko'zlab ish yuritar ekan, ularning xatti-Џarakatini muvofiќlashtiradi. Shu orќali ularning manfaati amalga oshadi. Bozor aloќalari narx-navo asosiga o'rnatiladi. Narxda asosan oldi-sotdi amalga oshadi va rasmiylashtiriladi. Bozorda Џamma teng Џuќuќli. Bozor deganda yoshligimizdan bilamizki, u oldi-sotdi ќilinadigan joy. Xaridor bilan sotuvchi uchrashib, Џar ikkisi Џam o'z manfaatini amalga oshiradi, yani biri sotadi, ikkinchisi oladi. Mana shu ayirboshlash maxsus joy bozorda amalga oshadi. Ћozirgi zamon taraќќiyot darajasi, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlanishi oldi-sotdini nafaќat maxsus ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
168.29 KB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
168.29 KB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: doc