Bozor va uning vazifalari

Bozor va uning vazifalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bozor va uning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari. Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo'lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo'jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo'llaniladigan, ilmiy-amaliy tushunchadir. Bu tushuncha yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o'xshab ko'rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o'ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga etibor berilsa, u ko'p qirrali bo'lib, mazmuni o'zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli manoni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a'zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo'lgan bo'lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb elon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko'rinishida, yani bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo'lib, o'z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo'lmagan, birdaniga bir vaqtning o'zida o'sha joyda ayirbosh sodir bo'lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo'lingan va T-P-T ko'rinishida bo'la boshlagan. Endi tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatdan bir bo'lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o'z tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, yani tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste'molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug'ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo'ldi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog'laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo'lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo'lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o'zgarib, yangi mano kasb etadi, yani tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo'la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o'ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bo'lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o'tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-biriga o'zaro ta'siri to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo'ladigan bo'ldi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning ko'p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o'zaro bir-birlariga bo'lgan ta'sirini bog'laydigan bo'g'in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta'minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozorning asosiy belgilari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.38 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.38 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga