Bozorning turlari va tuzilishi

Bozorning turlari va tuzilishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bozorning turlari va tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Bozorning turlari va tuzilishi. hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo'lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko'proq, tasodifiy xarakterga ega bo'lib, unda tovarga -tovar ayirboshlash usuli (barter) ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo'qotgan, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, yani sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo'lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o'rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, baholar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo'llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo'lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo'ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o'rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo'lishi mumkin. Bular Mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar: (O'zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G'arbiy Yevropabozori) va nihoyat jahon bozori. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko'ra bozorlar quyidagi turlarga bo'linadi: istemol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori. Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ulgurji va chakana savdo to'g'risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o'rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va davlat xo'jaliklaridir. Shuningdek, davlat va kooperativ savdo, dehqon bozori ham farqlanadi. Davlat savdosini davlat, kooperativ savdoni matlubot kooperasiyalari amalga oshiradi. Dehqon bozorida savdoni, alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo'jaliklari hamda boshqa kooperativlar amalga oshiradi. Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bozorda xo'jalik subyektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo'jaliklari) davlat va korxonalar qatnashadi. Istemol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.22 KB
Ko'rishlar soni 310 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.22 KB
Ko'rishlar soni 310 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga