Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari

Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari - rasmi

Material tavsifi

Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo'lgan normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o'z foydaliligini oshirilishi o'ziga xos ravishda namoyon bo'ladi. Yani, oddiy utilitarizm - individning samarali faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan holda o'z foydaliligini oshirishga intilishidir. Individ istemol madaniyatidagi oddiy utilitarizm kvartira - mashina - dala hovli uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini ta'minlashga intilish sho'rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi o'ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda istemolning malum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo'yicha emas, balki malum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo'l va havo yo'li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o'rtasida bo'lingan edi. Yani, utilitarizm normasi buyruqbozlik iqtisodiyotida faqat oddiy shaklda - individning samarali faoliyat bilan bog'liq bo'lmagan holda foydalilikni oshirishga intilishi sifatida mavjud bo'lgan. Ikkinchidan, taqchillik sharoitidagi istemolda foydalilikni oshirishga intilish navbatda turish zarurligi, asabbuzarliklar, ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori ruhiy kechinmalar bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi» tushunchasi bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda nizolar va keskinliklar jamlanishining undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va norozilik namoyish etadigan darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik iqtisodiyotining birinchi normasi oddiy va cheklangan utilitarizmdan iborat. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to'liqsiz ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to'liqsizligi bilan shartlangan to'liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo'lmagan - zahiralar hajmi, navbatlarning uzunligi va hoka'zolar haqidagi ma'lumotlar bilan to'ldiradilar. Natural ko'rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig'ish bilan bog'liq yuqori darajadagi xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», yani sotuvchilar va xaridorlar pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechiqishlar paydo bo'ladi. Nizo prognozlardagi xatolar, manfaatdor shaxsda boshqa subyektlarning holati va maqsadlari to'g'risida axborotning mavjud emasligi, manfaatdor shaxsning qaror qabul qilishdagi beqarorligi, o'zgaruvchan sharoitga moslashishdagi o'ng'aysizligi shakliga ega bo'ladi. Bundan tashqari, to'liqsiz ratsional faoliyat, iqtisodiy agent uchun faqat tashqaridan belgilangan maqsadlarga erishish vositalarini tanlash erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan belgilangan partiya-xo'jalik apparatining mafkuraviy maqsadlari reja topshiriqlari shaklini qabul qiluvchi muayyan ma'muriy va xo'jalik vazifalariga aylanadi. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy subyektlarning faoliyati- mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi. Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo'ladi. Har qanday ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta'minot organiga murojaat etish bilan bog'liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo'l tutishning iloji yo'q. Bunday vaziyatda bevosita ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.44 KB
Ko'rishlar soni 462 marta
Ko'chirishlar soni 78 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.44 KB
Ko'rishlar soni 462 marta
Ko'chirishlar soni 78 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga