Chorva mollari mahsuldorligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish

Chorva mollari mahsuldorligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Chorva mollari mahsuldorligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Chorva mollari mahsuldorligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish Xo'jalikda sut yetishtirishning kalendar rejasini ishlab chiqish biznes rejasi hamda chorvachilik brigadasi va fermerga beriladigan yillik ishlab chiqarish topshiriqlarining asosiy bo'limi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi korxonalari mahsulot sotish bo'yicha reja oylar, kvartallar, hatto kunlar bo'yicha tuzilganligi uchun shartnomalar bajarilishini ta'minlash uchun mahsulot yetishtirishni ham oylar va kvartallar bo'yicha aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari, oylar va kvartallar bo'yicha mahsulot yetishtirishni aniqlash sut - tovar firmasi ishini to'g'ri tashkil etish mehnat va ish haqi xarajatlarini rejalashtirish, ish haqi to'lash uchun akkord narx qo'yishni belgilash va uni ayrim xodimlar bo'yicha tabaqalashtirish imkonini beradi. Oylar va kvartallar bo'yicha sut hajmini aniqlash uchun sigirlarning tuqqan vaqtiga ko'ra rejalashtirilgan yilini kalendar oylarining qaysi sut berish oyida qancha sigir bo'lganligini aniqlash talab qilinadi. Rejalashtirish maqsadlari uchun bir sigir bir yilda necha oy sut berishini aniqlash sigirlar tuqqandan keyin qachon qochirilganiga bog'liq. Agar sigir tuqqandan so'ng birinchi oyda qochirilsa, u holda sut berish oyi 10 oyga teng bo'ladi. Sigir tuqqandan keyin qancha kech qochirilsa, sut berish oyi shuncha ko'p bo'ladi. Lekin esda tutish kerakki, sigirlarning sut mahsuldorligi birinchi 3 oyda yuqori bo'lib, undan keyin asta-sekin kamaya boradi: 10 oyda yillik sutning 20% ni beradi, xolos. So'ngra bu daraja kamayib boradi: sigir bergan sut unga qilingan xarajatni qoplamaydi, sut yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi pasayadi. Shuning uchun sigirdan 10 oy sut sog'ib olish eng samarali davr hisoblanadi. Bu masalada sigirlar tuqqandan keyin 2 oy mobaynida qochirilishi rejalashtirilgani uchun 10 oy sut sog'ib olish rejalashtirilgan. Sut berish oylarida qancha sigir borligini aniqlash uchun oldingi yilda qochirilgan sigirlar to'g'risida ma'lumotlar va sigirlarni qochirib, buzoq olish rejasidan foydalanamiz. Bunda oyning birinchi yarmida (1-15 kunlari) tuqqan sigirlarni shu oyda, oyning ikkinchi yarmida (16-30 kunlari) tuqqan sigirlardan kelasi oyda sut olishni rejalashtiramiz. Masalan, agar biz rejalashtirayotgan yilning yanvarida laktatsiya davrining 10-oyida sut beradigan sigirlar sonini topmoqchi bo'lsak, 10 oy sut olish rejalashtirilganda 9 oy avval tuqqan sigirlar sonini aniqlashimiz zarur. Chunki bu sigirlar yanvarda 10-oy sut berishi kerak. Demak, yanvarda 10-oy sut beradigan sigirlar avvalgi yilning aprel oyida tuqqan sigirlardir. Agar oldingi yilning aprelida (1-15 kunlarida) 100 bosh sigir tuqqan bo'lsa, bu sigirlar rejalashtirilayotgan yilning 10-sut berish oyida (laktatsiyada) bo'ladi va fevraldan boshlab, sutdan chiqariladi. Rejalashtirilayotgan yilning yanvarida birinchi sut berish oyida bo'ladigan sigirlar shu yanvar oyining 1-15 kunlarida tuqqan sigirlar bo'lib fevralda ikkinchi sut berish oyida, martda uchinchi va h.k. Oktabr oyida 10-sut berish oyida bo'lib, noyabrda sutdan chiqariladi. Yilning kalendar oylarida sut berish oylari bo'yicha sigirlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.67 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.67 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga