Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi. D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko'chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlashda yoki ko'proq ustunlikka ega bo'lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo'lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo ko'proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o'zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari Nisbiy ustunlik nazariyasida o'z yechimiga ega bo'ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo'lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning Nisbiy ustunlik nazariyasini qo'llaymiz: 9-jadval. Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan mehnat sarfi. Yuqoridagi misoldan ko'rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Yani bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo'lga qo'yish ko'proq foyda olib kelishini takidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Yani, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o'z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 89 donaga ega bo'lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo'ladi. 120 100 - 8 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut. Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Yani movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o'rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Yani, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 118 barrel vino (o'zidagiga nisbatan 56 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug'i: 9 8 - 5 6 =7 24 = 0,29 barrel vino. Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 98 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 56 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi. Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag'batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o'tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.36 KB
Ko'rishlar soni
593 marta
Ko'chirishlar soni
78 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.36 KB
Ko'rishlar soni
593 marta
Ko'chirishlar soni
78 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:37 ]
Arxiv ichida: doc