Fermer xo'jaligini tashkil etish tamoyillari va tartibi

Fermer xo'jaligini tashkil etish tamoyillari va tartibi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Fermer xo'jaligini tashkil etish tamoyillari va tartibi - rasmi

Material tavsifi

Fermer xo'jaligini tashkil etish tamoyillari va tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risidagi Farmonida fermer xo'jaliklarini shakllantirishning quyidagi tamoyillari belgilab berilgan: - fermer xo'jaliklari qoida tariqasida, tugatiladigan, zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi; - fermer xo'jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi; - yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatli asosda, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi; - fermer xo'jaliklariga beriladigan yer maydonlari bo'yicha uzoq muddatli ijara shartnomasi to'g'ridan-to'g'ri tuman hokimlari bilan tuziladi. Fermer xo'jaliklarini tuzishning quyidagi shakllari mavjud: Maxsus respublika fondidagi, mehnat resurslari yetarli bo'lmagan va yangi sug'oriladigan mavzelardagi yerlar hamda zaxira yerlarda maxsus davlat yer fondini shakllantirish orqali fermer xo'jaliklarini tuzish. Zarar ko'rib ishlayotgan, davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini surunkasiga bajarmay kelayotgan past rentabelli fermer xo'jaliklarini qayta tashkil etib fermer xo'jaligi tuzish. Maxsus tuzilgan yer fondi negizida fermer xo'jaliklarini tuzish islohotlarning dastlabki bosqichlarida ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan. Chunki, barcha ekin maydonlari yirik qishloq xo'jaligi korxonalarining balansida bo'lgan hamda fermer xo'jaliklari o'zlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini respublika miqyosida ko'rsatib berishga ulgurmagan ilk bosqichlarda ularni shakllantirish asosan hukumatning topshirig'iga muvofiq maxsus yer fondi tuzish orqali amalga oshirilgan. Respublikamizda 199-yildan bоshlab zarar keltirib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbоlsiz shirkat хo'jaliklarini fermer хo'jaliklariga aylantirish jarayoni bоshlandi. O'zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qatоr qarоrlari bilan 199-2007-yillarda respublikamiz qishlоq хo'jaligida faоliyat ko'rsatgan jami 2102 ta zarar keltirib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbоlsiz shirkat хo'jaliklari bоsqichma-bоsqich tugatilib, ular negiziida 157554 ta fermer хo'jaliklari tashkil etildi. Fermer xo'jaligini davlat ro'yxatiga olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risidagi 357-qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to'g'risida Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Nizomga muvofiq fermer xo'jaligini yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun ro'yxatdan o'tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) ariza taqdim etiladi. Davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi arizaga: 1. Davlat tilidagi ta'sis hujjatlarining belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi, bunda yuridik shaxs bo'lgan fermer xo'jaliklari uchun - faqat ustav). 2. Davlat bojining yoki ro'yxatdan o'tkazish yig'imining belgilangan miqdori to'langanligi haqidagi bank to'lov hujjati. 3. Bir xil yoki adashtirish darajasida o'xshash bo'lgan firma nomi mavjud emasligi haqidagi ma'lumotnomaning asl nusxasi. 3. Uch nusxada muhr va shtamp eskizlari. 4. Tuman ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.07 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.07 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga