Fermer xo'jaligining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari

Fermer xo'jaligining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Fermer xo'jaligining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Fermer xo'jaligining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan tadbirkorlik shakllaridan biri fermer xo'jaliklaridir. O'zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-avgustda qabul qilingan Fermer xo'jaligi to'g'risidagi qonunining 1-bandida Fermer xo'jaligi o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaligi a'zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo'jalik yuritish subyektidir, - deb belgilab berilgan. Fermer xo'jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atlari yuqoriligi ahamiyatga molikdir. Xususan, 2002-2008-yillarda paxta maydoni 302,5 foizga, don ekinlari maydoni 314,1 foizga o'sgani holda, paxta ishlab chiqarish hajmi 375,8 foizga va don ishlab chiqarish hajmi 360,1 foizga o'sganini ta'kidlab o'tish joiz. Bulardan tashqari sabzavotlar hajmi 785,8 foizga, poliz hajmi 585,4 foizga, go'sht ishlab chiqarish 189,2 foizga, sut 185,7 foizga, tuxum 336,6 foizga va jun 433,3 foizga oshgan. 2008-yili yaratilgan qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining 32,6 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri keldi. Fermer xo'jaliklarida asosiy qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi ham o'sib borgan. Bunga mulkka egalik hissining tiklanganligi, agrotexnik tadbirlarga rioya etilgani va boshqa bir qator omillar ta'sirida erishilmoqda. Masalan, 2002-2008-yillar oralig'ida kartoshka hosildorligi 125,6 foizga, sabzavot ekinlari hosildorligi 116,1 foizga, poliz ekinlari hosildorligi 172,1 foizga oshganini ko'rish mumkin. Fermer xo'jaliklarida don hosildorligi ham yil sayin yuksalib borib, shu davr mobaynida 35,9 sentnerdan 41,0 sentnerga oshgan (3-jadval). Respublikamiz hukumati tomonidan fermer xo'jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan tadbirlar natijasida yildan-yilga fermer xo'jaliklarining mamlakat agrar tarmog'ida tutgan o'rni mustahkamlanib, yaratilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmida ularning salmog'i ortib bormoqda. 2008 yil yakuniga kelib qishloq xo'jaligidagi jami ekin maydonlarining 84,4 foizi, paxta maydonining 98,4 foizi, don ekinlari maydonining 83,4 foizi, sabzavot ekin maydonining 34,8 foizi, poliz ekinlari maydonining 53,8 foizi va yem-xashak ekinlarining 69,7 foizi fermer xo'jaliklari tasarrufida edi. Fermer xo'jaliklari 2008-yilda paxta xomashyosining 99,1 foizini, donning 79,2 foizini, sabzavotlarning 32,9 foizini va poliz mahsulotlarining 47,1 foizini yetishtirib berdilar (4-jadval). Qishloq xo'jaligida mulkchilik munosabatlari tubdan isloh qilinib, xususiy sektor ahamiyatining keskin oshishi munosabati bilan qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti tarkibida shirkat xo'jaliklarining salmog'i 2002-yildagi 25,9 foizdan 2008-yilda 2,3 foizga tushgan, ya'ni deyarli o'n bir marta kamaygan. Shu davr oralig'ida fermer xo'jaliklari salmog'i oshib borib, 10,0 foizdan 32,6 foizga yetgan, yoki deyarli 3,3 barobar o'sgan. O'simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo'jaliklarining salmog'i muttasil o'sib bormoqda. Jumladan, fermer xo'jaliklarining o'simlikchilik yalpi mahsulotidagi ulushi 2002-yilda 17,8 foizga teng bo'lgan bo'lsa, 2008 yilda bu ko'rsatkich 54,4 foizga yetdi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo'jaliklarining ulushi 2002 yilda 2,0 foizga, 2008-yilda 4,1 foizga teng bo'ldi. Statistik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga