Fillips egri chizig'i, Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liqlik

Fillips egri chizig'i, Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liqlik

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Fillips egri chizig'i, Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liqlik - rasmi

Material tavsifi

Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liklik. Fillips egri chizig'i. Iqtisodiyot o'z rivojlanishida potentsial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo'linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo'shimcha mablag'lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham baholar darajasinining ko'tarilishiga olib keladi, yani talab inflyatsiyasi ro'y beradi Ishsizlik va inflyatsiya ko'rsatkichlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig'i (5 -chizma) deb ataladi. Fillips egri chizig'i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o'rtasidagi teskari bog'lig'likni xarakterlaydi. -- Yuqori darajadagi kutilayotgan inflyatsiya -- Past darajadagi kutilayotgan inflyatsiya 5-Chizma. Fillips egri chizig'i Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko'ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig'idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning suratiga bog'liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo'lsa ishsizlikning har qanday darajasida (surati past bo'lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo'ladi. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya suratining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko'rinishida tasvirlanishi mumkin: Yh - Yp = kut + f ( -- ) + ε Yp Bu yerda - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi; kut- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi; Yh - Yp f ( -- ) + ε - talab inflyatsiyasi; Yp f - Fillips egri chizig'ining og'ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi baho shoki ( taklif inflyatsiyasi). Ouken qonuniga ko'ra YaIMning uzilishi, yani (Yh - Yp) Yp miqdor davriy ishsizlikning o'zgarishiga bog'liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig'ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin: = kut - β [ u -u] + ε Keltirilgan tenglamadan ko'rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to'g'ri bog'liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog'likka ega ekan. Hukumat Fillips egri chizig'iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.66 KB
Ko'rishlar soni 487 marta
Ko'chirishlar soni 110 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.66 KB
Ko'rishlar soni 487 marta
Ko'chirishlar soni 110 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga