Fiskal siyosat haqida - rasmi

Material tavsifi

Fiskal siyosat Reja: Fiskal siyosatning mohiyati va usullari. Davlat xarajatlari mul'tiplikatori. Soliq mul'tiplikatori. Balanslashgan byudjet mul'tiplikatori. Diskret va nodiskret fiskal' siyosat. Byudjet takchilligi va ortiqchaligi. Byudjet ortiqchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari. O'zbekiston Respublikasi soliq - byudjet siyosati. 1. Fiskal siyosatning mohiyati va usullari. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari katori fiskal siyosat orqali xam erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-solik siyosati deb xam aytiladi. Byudjet-solik siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to'lik bandlilikni, to'lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliklarini o'zgartirishni o'z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. iqtisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bo'lgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. YA'ni, davlat qisqa muddatda iksodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliklarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaqtning o'zida olib borish evaziga xal etadi. uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo'lishi va soliklarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o'sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini makbul holatga olib kelish orkaligina erishish mumkin. iqtisodiyotda to'lik bandlik va ortikcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo'lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. CHeklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliklarni (T) oshirish yoki bo'lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o'sishini chegaralashdan iborat. qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliklar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chikaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish ko'shimcha turtki bo'lishi mumkin. 2. Davlat xarajatlari mul'tiplikatori. qisqa muddatli davrda byudjet-solik siyosati davlat xarajatlari, solik va balanslashgan byudjet mul'tiplikatorlari samarasi ta'siri ostida bo'ladi. ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔEkΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg) Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o'sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda o'sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo'yicha yuqoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish xajmi (ΔY) miqdorida o'sadi. E E=Y E2=E1+ΔE(ΔG) E2=Y2 E1=C1+I1+G1+Xn1 E1=Y1 ΔE ΔY E1=Y1 E2=Y2 Y 22-chizma. Davlat xarajatlari o'zgarishining mul'tiplikativ samarasi 6-mavzuda ko'rganimiz singari xarajatlardagi ozrok o'zgarish daromadlardagi undan ancha katta bo'lgan, o'zgarishni keltirib chikaradi va ΔY ΔE=1(1-b) bo'ladi (22-chizma). ΔY=ΔE x (1(1-b))= ΔE x m Solikka tortish hisobga olinmaganda yopiq iqtisodiyot uchun davlat xarajatlari mul'tiplikatori va ishlab chiqarishning muvozanatli xajmini quyidagi tenglamalar sistemasini yechish orqali topish mumkin: Y=C+I+G C=a+bY Bu yerda: Y=C+I+G - yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy ayniyat; Tenlamalar sistemasini Y ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.29 KB
Ko'rishlar soni 384 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.29 KB
Ko'rishlar soni 384 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga