Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya

Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya - rasmi

Material tavsifi

Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya jarayonlari Reja: Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o'rni. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish. O'zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish. Xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi. O'zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O'zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo'lindi, degani emas. endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki strategik investorlar ko'p miqdordagi mablag'larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o'z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yunaltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina quyilgan mablag'lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga muljal kilsa bo'ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. MDX davlatlarining paydo bo'lishi bilan xorijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo buldi. SHuni aytish kerakki xorijiy investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu masalaning bir tomoni bulsa, ikkinchi tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDX) davlatlari uchun zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini qabul qilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy hol deb qarash kerak emas, chunki, investitsiyalar-iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, uni olga siljituvchi kuch. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma'lumki, xar qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. O'zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohatlar, tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Globallashuv jarayoniga qo'shilish bu dunyoning etakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo'lish, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o'zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsiya faolligi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o'tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi roli ortib borayotganligi xam unga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. SHuningdek, globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnika taraqqiyotining tezlashishi, rakobatning kuchayishi va boshqa bir kator omillar xam xosdir. «CHet el investitsiyalari» tug'risida O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel' Qonunining 3- moddasida «CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.21 KB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.21 KB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga