Hayvon yog'lari, ularning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari

Hayvon yog'lari, ularning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Hayvon yog'lari, ularning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari - rasmi

Material tavsifi

Hayvon yog'lari, ularning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari Mol yog'lari xom va eritilgan turlarga bo'linadi. Xom yog'. So'yiladigan mol turiga qarab, xom yog'lar mol yog'i, qo'y yog'i va cho'chqa yog'iga, mol tanasida joylashishiga qarab ichki yog', teri osti yog'i, suyak yog'i va dumba yog'lariga bo'linadi. Ichki xom yog'lar buyrak yog'i, charvi yog', ichak yog'i, qorin yog'i va ingichka ichakning halqalari orasida joylashgan yog'lardir. Ichki yog'larning barcha turlari oq rangda, teri yog'lari esa sarg'ish rangda bo'ladi. Ichki yog'lar teri osti yog'lariga qaraganda erishi qiyinroq bo'ladi. Mol, qo'y va cho'chqa yog'lari bir-biridan erish harorat darajasi jihatidan farq qiladi. qo'y yog'i eng yuqori 44- haroratda eriydigan yog' hisoblanadi. Cho'chqa yog'i 36- da, mol yog'i 41- haroratda eriydi. Xom yog' qanchalik ko'p yog'liq va erish harorati qanchalik past bo'lsa, uning oziqlik qimmati shunchalik yuqori bo'ladi. Barcha turdagi xom yog'lar sifat jihatidan 1- va 2-navlarga bo'linadi. Buyrak, charvi va ingichka ichak halqalari orasidagi yog'lar 1-navli, ichak, qorin yog'i va qiyqim yog'lar 2- navli hisoblanadi. Eritilgan yog'lar. Eritilgan yog'lar barcha turdagi xom, yog'larni eritish yoki suyaklarni obdon qaynatish yo'li bilan olinadi. Xom ashyo turiga qarab, eritilgan yog'lar: eritilgan mol yog'i, eritilgan qo'y yog'i; eritilgan cho'chqa yog'i, suyak yog'i va yig'ma yog'ga, sifat jihatidan oliy va 1-navga (yig'ma yog' navlarga ajratilmaydi) bo'linadi. Navlarga ajratishda uy haroratidagi rangi va konsistentsiyasi, hidi, ta'mi, eritilgan holatdagi shaffofligi, nam miqdori (0,2-0,5%) kabi ko'rsatkichlar asos qilib olinadi. Oliy navli eritilgan mol yog'i och sariq, sariq rangli; eritilgan yog'ga xos normal, toza, yoqimli ta'm va hidli; qattiq yoki biroz quyuq konsistentsiyali; eritilgan holatda shaffof bo'lishi lozim. 1-navida ko'rsatilgan normalardan biroz chetga chiqishlarga yo'l qo'yiladi. Eritilgan cho'chqa yog'i oq rangli bo'ladi; 1-navlisi sarg'ishroq yoki xiraroq - kul rang tusda bo'lishi mumkin. Ta'mi normal, shu turdagi yoqqa xos xarakterda, begona ta'm va hidsiz bo'ladi; 1-navida yoqimli qovurilgan ta'm bo'lishi mumkin. Oliy navli eritilgan qo'y yog'ining rangi oqdan to och sarg'ishgacha; 1-navida oqdan to sariqroq ranggacha bo'ladi. Eritilgan holatdagi yog' massasi shaffof, quyqasizdir. Bu yog' uy haroratida () zich yoki qattiq konsistentsiyali, dumba yog'i - bo'shroq bo'ladi. Ta'mi va hidi shu turdagi yoqqa xos bo'ladi. Eritilgan suyak yog'i mollarning turli xil suyaklaridan olinadi. Oliy navdagi suyak yog'ining rangi oqdan to sariq ranggacha bo'lib, 1-navida kul rangga yaqin tusli bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Ta'mi va hidi - shu mahsulotga xos bo'ladi; 1-navida yoqimli, biroz qovurilgan yoki yangi sho'rvaga xos ta'mi; zich yoki quyuq konsistentsiyali bo'ladi. Eritilgan yig'ma yog' kolbasa, dudlamalar, kalla-pochalar qaynatilganida sho'rvalar ustida hosil bo'ladigan yog'lardan olinadi. Yig'ma ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga