Ho'l meva va rezavor mevalar, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar

Ho'l meva va rezavor mevalar, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ho'l meva va rezavor mevalar, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar - rasmi

Material tavsifi

Ho'l meva va rezavor mevalar, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar Ho'l meva va rezavor mevalar inson organizmi uchun zarur moddalarga boydir. Ularda uglevod, kislota, minerallar, vitamin, oshlovchi, pektin va xushbo'y moddalar bor. Ulardan ba'zilari, masalan, yong'oq tarkibida oqsil va moy ham bo'ladi. Meva va rezavor mevalar yoqimli ta'm va hidga ega bo'lib, kishi organizmida oson hazm bo'ladi. Ba'zi mevalarning, masalan uzum, malina, chernika, qora smorodina, limonning shifobahsh xususiyati ham bor. Barcha mevalar, tuzilishiga qarab, urug'li, danakli, rezavor mevalar, subtropik va tropik mevalar, yong'oq mevalarga bo'linadi. Urug'li mevalar. Urug'li mevalarga olma, nok, behi shuningdek, ryabina, do'lana, mushmulla (noksimon meva) kiradi. Urug'li meva po'st, mag'iz va urug' uyasidan iborat. Olma xiyla to'yimlilik qimmatiga ega, chunki unda 7 dan 15% gacha qand, 0,2 dan 0,8% gacha organik kislotalar, 0,2 dan 0,8% gacha mineral moddalar. A, V, S vita'minlari, oshlovchi va pektin moddalar bo'ladi. Olma tabiiy iste'mol qilinishidan tashqari undan sharbat, vino va qoqi olish uchun, qandolat ishlab chiqarishida ham foydalaniladi. Olmaning pomologik navi ko'p. Ular bir-biridan shakli, yirik-maydaligi (yirik, o'rtacha, mayda), etining tuzilishi, o'zagining katta-kichikligi (yirik, o'rta, mayda), kosachasining tuzilishi (ochiq, yopiq), po'stining qalin-yupqaligi, mevasi va etining rangi, ta'mi va xushbo'yligi bilan farq qiladi. yozgi olma iyul-avgust oylarida pishadi, ular 10-20 kun saqlanadi. Ularga Beliy naliv (paxta olma), Moskovskaya grushovka va boshqalar kiradi. Nok, asosan, mamlakatimizning janubiy rayonlarida o'stiriladi, uning tovarlik ahamiyati olmaga qaraganda xiyla kam. Nokda qand (6 dan 14% gacha), kislota, oshlovchi modda, pektin, mineral va xushbo'y moddalar hamda S vitamini bor. Nok yumaloq ovalsimon, qo'ng'iroqsimon yoki konussimon shakllarda bo'ladi. Nok yirik, o'rta yoki mayda, yashil, sariq yoki bir yog'i qizil, yo qizilsiz, xira jigar rangda bo'ladi. Nokning eti yirik qumoq-qumoq yoki mayda qumoq-qumoq, sersuv, eruvchi, zich, dag'al g'ovak (mayin), sariq, oq yoki yashilroq rangda, o'zagi katta, o'rtacha yoki kichik bo'lishi mumkin. Behi issiqsevar mevali o'simliklardan bo'lib, u Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, shimoliy Kavkaz, O'rta Osiyo, Moldaviya, Qrim va boshqa janubiy rayonlarida o'stiriladi. Behida ko'p miqdorda qand (5 dan 12% gacha), kislotalar (0,2 dan 1,5% gacha), pektin, oshlovchi, mineral va boshqa moddalar bo'ladi. Mevasi noksimon yoki olmasimon shaklda bo'lib, o'tkir xushbo'y hidlidir. Behining eti tupday, qattiq va turush (tish qamashtiradigan), shu sababli u tabiiy holida kamdan-kam iste'mol qilinadi. Behidan murabbo, marmelad, jele, kompot tayyorlanadi; u likyor-aroq, mahsulotlari tayyorlashda ham ishlatiladi. Sifatiga qarab behi 1-va 2-navlarga bo'linadi. Danakli mevalar. Danakli mevalarga gilos, olcha, olxo'ri, o'rik, shaftoli, qizil, zaytun, jiyda kiradi. Danakli o'simliklar mevasi po'stdor va sersuv, mayin kemirchaksimon etli: mevaning o'rtasida juda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.43 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.43 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga