Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari shakllanishi va rivojlanishi

Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari shakllanishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari shakllanishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy xususiyatlari Birinchi navbatda «hozirgi zamon» tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Bazi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan iqtisodiy g'oya, ta'limot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki deb tan olinadi. Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o'sha davrda yuzaga kelgan iqtisodiy g'oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini o'ynaydi. Ammo bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki XX asrning o'rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta'limotlar bir qancha yangi qarash, g'oya, konsepsiya va nazariyalar bilan boyidi, ularni ham albatta «hozirgi zamon» iqtisodiy g'oyalariga kiritish tabiiydir, ammo ularning evolyutsiyasi ro'y bergan. Shu yerda shuni alohida takidlab o'tish kerakki, iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan dialektik ravishda ro'y bermoqda. Tarixning guvohlik berishicha, malum davrda yuzaga kelgan u yoki bu ta'limot vaqt va sharoit taqozosi bilan doim evolyutsiyada, rivojlanishda bo'ladi. Masalan, XVII asrning ikkinchi yarmida to'la shakllangan klassik iqtisodiy maktab bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlarini ta'riflab bergan, ammo bu maktabning asosiy qoidalari, umumiy yo'nalishi saqlangan holda, ularning amalda namoyon bo'lishi turli davr va davlatlarda nihoyatda xilma-xildir. XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa keyingi paytlarda jahondagi bir qancha avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa YevropaIttifoqi davlatlari) qatoriga yangi-yangi davlatlar kelib qo'shilmoqda, ayniqsa Yaponiya, Turkiya va yangi industrial mamlakatlar (YaIM) «to'rt ajdaho»: Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong (Syangan) hamda shular rivojiga yaqinlashayotgan Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib bormoqda. Ilgarilari dam-badam bo'lib turadigan inqirozlar soni va ko'lami keskin kamaydi. Ammo yo'qolgan emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilganligi va ikkinchidan aholi ijtimoiy talablarini to'laroq qondirish bilan bog'liq bo'lgan ta'limotlar qo'llanilayotganligidir, oqibatda ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hukm surmoqda. Ammo kapitalizm yo'lini tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foydalanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish mumkin emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo'lsa kerakki (iqtisodiy konsepsiya, siyosat), ulardan samarali foydalanayotgan davlatlar (ularning soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarga erishmoqdalar. Shu tajribani o'rganish va amaliyotda foydalanish hayotiy zaruriyatga aylandi. Ko'rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari tobora chuqurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog'liq bo'lib bormoqda. Xuddi shuningdek, iqtisodiyot fani uchun iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish, programmalashtirish va modellashtirish, elektron-hisob mashinalar, kompyuterlar, informatika va kibernetikadan foydalanish asosida keng shakllantirish iqtisodiy siyosat masalalariga tobora yaqinlashib bormoqda va hozirgi davr ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarida ularning ahamiyati keskin o'sib bormoqda, shunga oid iqtisodiy tadqiqot va ta'limotlar ham ko'payib bormoqda. Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta'limotlar doimo rivojlanishda bo'lib, ularning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.08 KB
Ko'rishlar soni 322 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.08 KB
Ko'rishlar soni 322 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga