Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari. Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlari va iqtisodiy tizimlar, ularni bilishga bo'lgan turlicha yondashuvlar. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga hos bo'lgan iqtisodiy tizimlarni o'rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o'zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar bo'lib, ular madaniylashish (sivilizasion) darajasi jihatdan, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi va sosial-iqtisodiy shakllar o'zgarishi bo'yicha yondashuvlarni o'z ichiga oladi. Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy formasion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga etibor berilgan. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, yani ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o'rtasidagi bog'lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko'rsatkichidir. Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o'zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo'ladilar, yani ishlab chiqarish munosabatlariga kirisha-dilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vu-judga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o'rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo'lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsif-laydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xusu-siyatlarini va ularning ijtimoiy uyg'unlashuvini aks ettiradi. Bu masa-lan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperasiyalash, ishlab chiqarishning to'planishi va uyg'unlashtirilishidir. Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo'ladi. Bu ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo'lgan hayotiy nematlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o'zaro ta'siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o'zaro aloqada bo'lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo'lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko'taradi. Ana shularning yig'indisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, axloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol o'ynaydi, o'zlarini vujudga ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.47 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.47 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: doc