Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari. R e j a Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning turli-tuman shakllari. Mulkchilik shakllarini o'zgartirish usullari. A D A B I Yo T L A R Karimov I.A. - «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» T. «O'zbekiston», 1995. Karimov I.A. - «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari». Prezident I.A.Karimovning Oliy Majlis oltinchi sessiyasida (29.08.96 y) so'zlagan nutqi. «Xalq so'zi» 30.08.96 yil. Bajenova V.S., Ioxin V.Ya. Ekonomicheskaya teoriya. Mikroekonomika - 1, 2. - M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K˚», 2006. - 934 s. Kudina M.V. Osnovi ekonomiki. - M.: FORUM: INFA-M, 2006.- 352 s. Ioxin V.Ya. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: Ekonomist, 2005. - 356 s. Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: TK Vebli, Izd-vo Prospekt, 2005. - 421 s. Shodmonov Sh., Jo'raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. ma'ruza matnlari. T. «Universitet» 200 yil. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR. O'tish davri - bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga o'tish taqozo qilinadigan davrdir. Bozor islohotlari - bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir. Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yuritishning shakllari va turlari. Iqtisodiyotni erkinlashtirish - iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir. Islohotlar konsepsiyasi - ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo'nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo'llarning umumiy g'oyasidir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir. Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, jamiyat boyliklarini o'zlashtirish va ularni tasarruf qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining mulk egasi qulida saqlanib turishi va yaratilgan boyliklardan o'zlashtirishning ijtimoiy shaklidir. Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi, ijtimoiy hayotda qo'llanishidir. Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirining mastaqil hal qilinishidir. Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlaridir. Mulk subyektlari - jamiyatda malum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo'lgan, mulk obyektini o'zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilaridir. Xususiylashtirish - mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy shaxslar ixtiyoriga o'tishidir. Mulkni davlat dasarrufidan chiqarish - shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shukllarini vujudga keltirishidir. Mulkchilik tushunchasi va mulkchilik muammosi bir necha asrlar davomida juda ko'p sohaning bilimdonlarini qiziqtirib kelgan. Hozirgi kunga kelib ham bu muammo o'z dolzarbligi jihatdan shu kunning muhim masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Mulk, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21 KB
Ko'rishlar soni 408 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21 KB
Ko'rishlar soni 408 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga