Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularni ifodalash usullari

Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularni ifodalash usullari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularni ifodalash usullari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularni ifodalash usullari Reja: 1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning ierarxik tuzilishi. 2. Model va modellashtirish jarayonining manosi. 3. Iqtisodiy-matematik modellar tasnifi. 4. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bosqichlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki, birinchidan, bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega; ikkinchidan, resurslarning chegaralanganligi; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasida raqobatning mavjudligi; to'rtinchidan, iqtisodiy ko'rsatkichlarni istiqboldagi holatini oldindan ko'ra bilish va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli xil va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar murakkab ierarxik tuzilishga ega. Ierarxiya - ko'p bosqichli tizim bo'lib, unda biror bir elementning o'zgarishi butun tizimning o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin. «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fani o'rganishi lozim bo'lgan muammolar: Korxonalar va firmalarda matematik usullarni qo'llash; Chegaralangan resurslardan optimal foydalanish; Raqobatchi firma va korxonalar strategiyalarining optimallash va muqobillashtirish; iste'molchining xatti-harakati; Zaxiralarni optimal boshqarish; Ommaviy xizmat ko'rsatish modellarini qo'llash; Optimallashtirish masalalari va ikkilanganlik nazariyasi; Makroiqtisodiy jarayonlarni modellashtirish; Tarmoqlararo balansda agregirlash; Noaniqlik va tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilishning matematik modellarini tuzish; Tarmoqli modellashtirish; Tuzilgan modellarning real jarayonlarga mosligi tekshirish va miqdoriy baholash. «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fani oldida turgan vazifalar: Iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o'rgatish; Iqtisodiyot murakkab va ierarxik tuzilishga egaligi, iqtisodiy jarayonlarning mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini o'rgatish; Mikro- va makro darajadagi iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish tamoyil-larini o'rgatish; Korxona va firmalarning faoliyat ko'rsatish mexanizmini o'rgatish; Korxonalarda o'rganilayotgan har bir jarayonga mos keluvchi iqtisodiy-matematik usullar va modellarni tuzish yo'llarini o'rgatish; Korxonalar ma'lumotlari bo'yicha optimizatsion, balans, trend modellarini tuzishni o'rgatish; Tanlangan modelni maxsus kompyuter dasturlari asosida yechishni o'rgatish; Har bir iqtisodiy jarayon va hodisalarning ko'p variantli yechimlarini olishni o'rgatish; Olingan yechimlarni iqtisodiy tahlil qilish va qaror qabul qilishni o'rgatish. Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning nazariy va amaliy ahamiyati: 1. Iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo'lib xizmat qiladi. 2. Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan amalda samarali foydalaniladi. 3. Iqtisodiy jarayonlar bo'yicha bashoratlarni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish imkoniyatining mavjudligi. 4. Iqtisodiy jarayonlar faqatgina chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o'rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish ikoniyati yaratiladi. 5. Murakkab hisoblash ishlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishni osonlashtirish bilan birga, aqliy mehnat engillashtiriladi, boshqaruv va iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etishga va boshqarishga yordam beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar fani o'z ichiga maxsus fanlar tizimidan iborat bo'lgan quyidagi tushuncha va qoidalarni oladi: Iqtisodiy jarayonlarda obyektiv va subyektiv omillar ta'sirini, ularning o'zaro bog'lanishilarini o'rganish; Biznes-rejalarini ilmiy asoslash va ularni bajarilishini obyektiv baholash; Iqtisodiyotga ta'sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni izlab topish va ularning ta'sirini miqdoriy baholash; Ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga