Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish - rasmi

Material tavsifi

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish Reja: 1. Davlat innovatsion siyosatini shakllantirish va uning asosiy yo'nalishlari. 2. Innovatsiya sohasini davlat tomonidan tartibga solish metodlari. 3. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishning xorijiy tajribalari. Tayanch iboralar: Davlat innovatsion siyosati, asosiy yo'nalishlari. Innovatsion siyosatning taktik va strategik turlari. Innovatsion faoliyat borasida xalqaro aloqalarni tartibga solish. Innovatsiya sohasini tartibga solishning bevosita va bilvosita metodlari. ma'muriy va dasturli-maqsadli metodlar. Kredit va solik imtiyozlari. Innovatsion faoliyatni tartibga solishning AKSh, Yaponiya va Yevropamamlakatlari tajribasi. 1. Davlat innovatsion siyosati - bu innovatsion faoliyatni faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlar yig'indisidir. Bundan tashqari u innovatsion faoliyat natijalaridan mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va jamiyat ehtiyojlarini to'la qondirishda keng foydalanishga yo'naltirilgan faoliyatni namoyon etadi. Davlat innovatsion siyosati uch bosqichdan tashkil topgan bo'lib, ular: Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyasini ishlab chiqish; Innovatsion jarayonlarning davlat tomonidan qo'llab quvvatlanishining asosiy yo'nalishlarini aniqlash; Innovatsion faoliyatni faollashtirish bo'yicha qo'yilgan maqsadga erishishga amaliy ta'sir ko'rsatish. Innovatsion siyosatning ikki turi mavjud: strategik va taktik. Davlat innovatsion siyosatining strategiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyalari asosida shakllantiriladi. Innovatsion siyosat strategiyasini tanlash o'z navbatida quyidagilarni talab qiladi: innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va undan foydalanish metodlarini tanlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mos holda innovatsion rivojlanishning asosiy maqsadlarini belgilash. Taktik innovatsion siyosatda joriy maqsadlar va bu maqsadlarga yuqori samaradorlik bilan erishishni ta'minlaydigan aniq tadbirlar aniqlanadi. Taktik vositalar - bu ilmiy tadqiqot va loyiha -konstruktorlik ishlarni moliyalashtirish, moddiy-texnik va axborot ta'minoti, xodimlarni tanlash, innovatsiyani rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir. Davlat innovatsion siyosati, uni shakllantirish metodlarining samaradorligi va innovatsiyani qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlari bo'yicha davlatda fan-texnikaning rivojlanishiga baho berish mumkin. Fan texnika rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnik faoliyat natijalarini (litsenziya, patent va boshqalar) eksport qilish rivojlanadi, shuningdek, tayyor yangiliklarni eksport qilish ko'payib, boshqa mamlakatlarda ilmiy-texnik innovatsion yordam ko'rsatish kengayadi. Davlat innovatsion siyosati asosan innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, axborot va ijtimoiy-psixologik sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan. Innovatsion siyosatning shakllanish metodlari va sharoitlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni qo'llab quvvatlashning asosiy yo'nalishlari aniqlanadi. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab quvvatlashning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan tashkil topgan: perspektiv yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning (fundamental, izlanish, amaliy) rivojlanishini qo'llab quvvatlash; innovvatsion faoliyatni mutaxassislar bilan ta'minlash; innovatsion faollikni oshirishga yo'naltirilgan turli xil dasturlarni ishlab chiqish; alohida firma (korxonalar)ning innovatsion faoliyati samaradorligini oshirishga rag'batlantiruvchi ta'sirga ega fiskal va boshqa iqtisodiy dastaklarni davlat tomonidan tartibga solish; fanning turli sohalari (akademiya, tarmoq va oliy o'quv yurti) o'zaro aloqasini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.21 KB
Ko'rishlar soni 327 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.21 KB
Ko'rishlar soni 327 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga