Insoniy rivojlanish konsepsiyasi

Insoniy rivojlanish konsepsiyasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Insoniy rivojlanish konsepsiyasi Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish konsepsiyasi» ilgari surildi, unga to'laroq to'xtalishni lozim topdik, chunki undagi qoidalar Respublikamiz uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning ko'payishi va insoniy farovonlikning yaxshilanishi orasidagi aloqani aniqlashda muhim xizmatni ado etadi. Bunday bog'lanish nafaqat iqtisodiy o'sishning miqdoriga, balki sifati va qanday taqsimlanishiga ham bog'liqdir. iqtisodiy o'sish va odamlar hayoti orasidagi bog'lanish oqil siyosat - ijtimoiy maqsadlar uchun to'lovlar, daromad va aktivlarni qayta taqsimlashga qaratilgan fiskal siyosat orqali yaratilishi kerak. Bunday bog'lanish qashshoqlikni kuchaytiruvchi avtomatik tarzda ishlovchi bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud bo'la olmaydi. Ammo biz ehtiyot bo'lishimiz kerak. Daromad ko'payishi bilan insonlar hayotining yaxshilanishi orasidagi avtomatik bog'liqlikni inkor etish iqtisodiy o'sishni inkor qilish emasdir. Iqtisodiy o'sish kambag'al jamiyatlar uchun qashshoqlikni kamaytirish va umuman yo'qotishda juda muhim. Lekin bunday o'sish sifatining ahamiyati uning hajmidan muhimroq. Dono milliy siyosat iqtisodiy o'sishni odamlar hayotini yaxshilashga o'gira olishi kerak. Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin? Bu iqtisodiy va siyosiy hoqimiyatda katta strukturaviy o'zgarishlarni talab qilishi mumkin, bu sohada insoniy rivojlanish paradigmasi juda inqilobiydir. U ko'p mamlakatlarda amaldagi hoqimiyat tizimini qayta ko'rib chiqishni talab etadi. Iqtisodiy o'sish va odamlar farovonligi orasida bog'liqlikning kuchayishi ko'p vaqt talab etuvchi yer reformasi, soliqlarning progressiv tizimi, asosiy ijtimoiy yordamning kuchaytirilishi, uni barcha muhtoj aholiga etib boradigan qilish, odamlarning iqtisodiy va siyosiy faoliyatlari yo'lidagi to'siqlarning yo'qotilishi va ularning boylikka ega bo'lish huquqini tenglashtirish va bozor iqtisodiyoti bilan bog'liq, iqtisodiy va siyosiy say-harakatlardan eng ko'p ozor chekishi mumkin bo'lganlarga vaqtinchalik ijtimoiy xavfsizlik tizimini joriy qilish kabi bir qancha chora-tadbirlarni talab etishi mumkin. Bunday siyosiy faoliyat fundamental va har bir mamlakat uchun farqlidir. Ammo bazi bir xususiyatlar hamma mamlakatlar uchun umumiy. Birinchidan, inson muammolari markaziy muammoga aylanadi. Rivojlanish odamlar farovonligining oshishi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va tushuniladi. Har qanday faoliyat unda qancha odam qatnashganligi va foydalanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Rivojlanish siyosatining muvaffaqiyatli bo'lishining burilish nuqtasi sifatida ishlab chiqarishning ko'payishi emas, balki insonlar hayotining yaxshilanishi olinadi. Ikkinchidan, insoniy rivojlanish ikki tomondan iborat ekanligi nazarda tutiladi. Birinchisi - yaxshi sog'liq, salomatlik, chuqur bilim va hunarlar kabi insoniy qobiliyatlar majmuasi bo'lsa, ikkinchisi - ish bilan ta'minlanganlik, ishlab chiqarish faoliyati, siyosiy faoliyat va hordiq chiqarish kabi erishiladigan qobiliyatlarga ega bo'lish yo'lidagi odamlar dunyoqarashini oshirishdir. Bu ikkala tomon me'yorining insoniy rivojlanish tomonidan tartiblanmaganligi insonlar rejalarining talafotida o'z aksini topadi. Uchinchidan, pirovard maqsadlar va ularga erishish usullari orasida aniq farq o'tkazilishi zarur. Odamlar maqsad sifatida qaralishi kerak bo'lsa-da, unga erishish usullari yoddan chiqmasligi kerak. Yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.97 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.97 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga