Institut va norma tushunchalarining mohiyati Institutlar jamiyat hayotida muhim o'rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha institutlar yo'q bo'lib ketganligini tasavvur qiladigan bo'lsak, u holda tartibsizlik boshlanib ketib, bu o'z navbatida abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning o'z hayotini tartibga keltirishga urinishlari yangi institutlarning paydo bo'lishiga olib kelgan bo'lar edi. Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega bo'lgan qator savollarga, xususan, nima uchun bozorlar ishlaydi yoki ishlamaydi? Iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki samarasiz bo'ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o'zgarishlar ichki sabablarga ko'ra yohud hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan savolga javob berish imkonini beradi. Institutlar o'zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning faoliyat ko'rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta'riflarni asoslashgan. Institutlarni T.Veblen [32] quyidagicha ta'riflagan: Institutlar - bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush kechiradigan odatiy tafakkur tarzi yoki Institutlar - bu o'tmishda sodir bo'lgan jarayonlar natijasi bo'lib, ular o'tmish sharoitlariga moslashgan va, o'z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to'liq moslashmagan. Ye.Erdvard tomonidan [60] Institutlar - bu ko'plab individuumlar ulardan hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o'zining noyobligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy nematlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. Ular - qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi, deya ta'riflangan. J.Xodjsonning ta'riflashicha [55], Institutlar - an'ana, urf-odat yoki qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror xulq-atvor namunalarining yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot. Institutlarni ko'z bilan ko'rib, ularni jismonan his etib yoki o'lchab bo'lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o'ziga xos konstruksiyalar, ko'zga ko'rinmaydigan mexanizmlardir. Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos bo'lgan tafakkur tarzini aks ettiradi. Institutlarning yana boshqa bir ta'rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort [46] yozgan so'zboshishida keltirilgan: institutlar - bu insonlar tomonidan ishlab chiqilgan cheklovlar hamda ularning o'zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi majburlash omillari. Bularning barchasi birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning undovchi tarkibini hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan ta'riflar institutlarning asosiy xususiyatlarini qamrab olgan holda, ularning asosiy funksiyalarini hamda rivojlanish qonunlarini aks ettiradi hamda jamiyatni rivojlantirish uchun institutlarning muhimligini takidlaydi. Yuqorida ko'rsatilgan barcha holatlarni umumlashtirgan holda, instituttsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan institutlarni quyidagicha ta'riflash mumkin: Institut - bu jamiyat a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi. Norma - institutsional muhitda individlarning o'z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o'zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o'zini ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.8 KB
Ko'rishlar soni
301 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.8 KB
Ko'rishlar soni
301 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: docx