Institutsional matritsa Institutsional matritsa sotsiologiya fani doirasida ishlab chiqilgan bo'lib, unda sotsiologik tushunchalardan foydalaniladi. Ammo ushbu konsepsiya jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan iqtisodiyotda hamda huquqiy jarayonlarni tahlil qilishda qo'llanilishi mumkin. Shuni hisobga olib, institutsional matritsaning nisbatan yangi konsepsiyasini ko'rib chiqamiz. Institutsional matritsaning nazariy g'oyasi jamiyatni tahlil qilishga nisbatan tarkibiy-tizimli yondashuvni amalga oshiradi. Institutsional matritsa - bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki davlatlarning paydo bo'lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning rivojlanishini belgilab bergan, o'z navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan birlamchi modelni takror yaratishga xizmat qiluvchi bazaviy ijtimoiy institutlar tizimi. Bu yerda institutlar sotsium yashovchanligining tashqi sharoitlari bilan shartlangan jamiyat a'zolari o'rtasidagi muayyan va muqarrar aloqalar tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu holatda gap insonning takror shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy institutlar (ular jumlasiga oila, salomatlik va boshqa institutlar kiradi) haqida emas, balki davlatlarning takror shakllanishini va ijtimoiy hayotning asosiy sohalarini tartibga soluvchi sotsial institutlar haqida bormoqda. 2.1-rasm. Jamiyatnig institutsional matritsasi Institutlar jamiyatning uning tarixiy barqarorligini va ijtimoiy yaxlitlikning takror shakllanishini taminlovchi o'ziga xos tuzilishini (qobirg'asini) hosil qiladi. Institutsional matritsa chizma ko'rinishida jamiyatda teng ahamiyatli mavqeni egallab turgan yagona uchta: siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarni birlashtiruvchi ijtimoiy shakl sifatida namoyon etilgan (2.1-rasm). Asosiy matritsalar [30] S.Kirdinaning Institutsional matritsalar va Rossiyaning rivojlanishi kitobidan olingan. Biroq ularga ayrim o'zgartirishlar kiritilgan, xususan siyosiy va mafkuraviy sohalar birlashtirilgan, chunki jamiyatda mafkura ko'p jihatdan boshqaruvchi siyosatchilarga bog'liq bo'lib, ular faoliyatining natijalaridan biri hisoblanadi. Matritsada ijtimoiy soha alohida ajratilgan va institutsional tizimni shakllantirishda u katta rol o'ynaydi. Matritsalarning asosiy va qo'shimcha institutlarning muayyan to'plami bilan tavsiflanuvchi ikkita xili mavjud - g'arbiy (bozor, demokratik) va sharqiy (buyruqbozlik, diktatura yoki despotiya) matritsalar. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
660 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
660 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: docx