Institutsional nazariyalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi

Institutsional nazariyalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Institutsional nazariyalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Institutsional nazariyalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi Ilmiy iqtisodiy nazariyalar shakllanishi XVII asrda Yevropada dastlab V.Petti, Buagilber, keyinroq esa, A.Smit va D.Rikardolarning klassik iqtisodiy ta'limotlari bilan tavsiflanadi. X1X asrning etmishinchi yillariga kelib, klassik nazariyaning K.Menger, M.Jevons, L.Valras va boshqa tadqiqotchilarning faoliyati zamiridagi marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida A.Marshallning Iqtisodiyot prinsiplari asarida o'z ifodasini topdi. A.Marshallning qarashlari J.B.Klark izlanishlarida takomillashdi. Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy tamoyillarning birinchi qismini klassikaning eski tamoyillari, ikkinchi qismni esa, neoklassikaning yangi tamoyillari tashkil etadi. Eski tamoyillar qatiy negiz bo'lsa, yangi tamoyillar neoklassikaning «himoya qobig'i»ni tashkil etadi. Eski tamoyillarga quyidagilar kiradi: bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valras-Errou-Dobre) optimumi talablariga mos keladi; bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi; individlarga tashqi omillar ta'sir ko'rsatmaydi, ularning biror holatni afzal bilishi barqaror va ekzogen xususiyatga ega; xarajatlarning yagona turi - ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ayni chog'da ayirboshlash xarajatlari etiborga olinmaydi. Yangi tamoyillarga ko'ra: bozorda ayirboshlashni amalga oshirish uchun resurslarning xususiy mulkligi asosiy zamin hisoblanadi; individlarda bitim to'g'risidagi barcha axborot mavjud; ayirboshlash chegaralari kamayib boruvchi foydalilik tamoyili asosida hamda resurslarning dastlabki taqsimlanishidan kelib chiqib, belgilanadi. Klassik nazariyaning rivojlanishida kuzatiladigan istalgan qoida tuzatishlar va aniqlashtirishlar jarayonida «Eski tamoyillar»ni tashkil qiluvchi fikrlar o'zgarishsiz qolishi lozim. Ular tadqiqot paradigmasini, nazariyani izchil qabul qiluvchi har qanday tadqiqotchining tanqidi qanchalik keskin bo'lmasin, eski tamoyillardan voz kechilmaydi. Aksincha, nazariyaning rivojlanishiga qarab uning tadqiqot predmetiga «yangi tamoyil»ni tashkil qiluvchi qarashlarga doimiy tuzatishlar, yangi unsurlar kiritiladi. «Eski» institutsionalizm nazariyasining mohiyatini yanada to'liqroq ko'rib chiqish uchun ushbu ilmiy yo'nalishning ko'zga ko'ringan vakillari hisoblangan T.Veblen, K.Polani va J.K.Gelbreyt qarashlariga murojaat etish mumkin. Mashinali ishlab chiqarishning paydo bo'lishini tahlil qilishda kapitalist bilan yollanma ishchi o'rtasidagi munosabatlar tizimi mehnat taqsimoti qabul qiladigan quyidagi tashkiliy shakllar orqali ularning o'zaro ta'siriga etibor qaratildi: tabiiy mehnat taqsimoti → kooperatsiya → manufaktura va mutlaq qo'shimcha qiymatni shakllantirish → xususiy ishchining paydo bo'lishi → mashinalarning paydo bo'lishi → fabrika → nisbiy qo'shimcha qiymatni shakllantirish. Karl Polanining takidlashicha, aynan milliy resurslar va mehnat bozorining shakllanishi asosida davlatning aralashuvi yotadi. G'arbiy Yevropaning barcha ichki bozorlari mahalliy bozorlar tabiiy evolyutsiyasining natijasi emas, balki davlatning aralashuvi orqali barpo etilgan. T.Veblen «Bekorchi sinf nazariyasi» (1899) [32] asaridagi odatlar to'g'risidagi tahlilda xolizm metodologiyasini qo'llaydi. Odatlar individlarning bozordagi, siyosiy sohadagi, oiladagi xatti-harakatlari doiralarini belgilab beruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar xatti-harakati Veblen tomonidan ikkita juda qadimiy odatdan keltirib chiqariladi. Bu odatlarni u raqiblik hissiyoti (boshqalardan birinchi bo'lish, umumiylikdan ajralib turish istagi) va mahorat hissiyoti (halol va samarali ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.9 KB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.9 KB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga