Institutsional o'zgarishlar va institutlarning o'zaro bog'liqligi

Institutsional o'zgarishlar va institutlarning o'zaro bog'liqligi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Institutsional o'zgarishlar va institutlarning o'zaro bog'liqligi - rasmi

Material tavsifi

Institutsional o'zgarishlar va institutlarning o'zaro bog'liqligi Institutlar qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida mavjud bo'lishi va rivojlanishini, ularning hayotiyligi yoki barqarorligini tushunish uchun institutsional o'zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o'rganib chiqish lozim. Jamiyatning rivojlanish jarayonida institutlar shaklining o'zgarishi ro'y beradi. Agar rasmiy qoidalarni u yoki bu qonun, farmonni qabul qilib o'zgartirish mumkin bo'lsa, an'analar va urf-odatlarda ifodalanadigan norasmiy cheklovlarni bir kunda o'zgartirib yoki tugatib bo'lmaydi. Ular yana uzoq vaqt amal qilishda va jamiyat rivojiga ta'sir ko'rsatishda davom etadi. Biroq institutsional tizimning o'zida doimiy ravishda o'zgarishlarga ehtiyoj sezilib bo'lib turadi. T.Veblenning takidlashicha, institutsional o'zgarishlarning asosiy sababi shakllangan institutlar bilan o'zgargan sharoitlar, tashqi muhit o'rtasidagi o'zaro nomuvofiqlik hisoblanadi [40]. D.Nort [40] institutsional o'zgarishlar subyekti sifatida yakka tartibdagi tadbirkorni, institutsional o'zgarishlar manbai sifatida esa narxlar nisbatidagi fundamental siljishlarni ajratadi. O'zgarishlar mexanizmi quyidagicha: nisbiy narxlar tarkibidagi siljishlar ishlab chiqarish omillarining narxlari o'rtasidagi narx ulushiga, axborot qiymatiga va texnologiyalardagi o'zgarishlarga ta'sirni nazarda tutadi. Ushbu o'zgarishlardan ayrimlari ekzogen xususiyatga ega (inqiroz, epidimiya va h.k.), biroq aksariyat o'zgarishlar endogen xususiyatga ega bo'lib, insonlarning joriy faoliyati kengayishi natijalarini aks ettiradi. Narxlar nisbatidagi fundamental o'zgarishlar vaqt o'tishi bilan xatti-harakat eski odatlarining o'zgarishiga va insonlar tomonidan xatti-harakat standartlarini hosil qiladigan omillarning aglab etilishiga olib keladi. Biroq, narxlar o'zgarishining g'oyalarga ta'siri darajasi to'g'risidagi masala hozircha kam o'rganilganligicha qolmoqda. D.Nortning fikriga ko'ra [46], mafkura institutsional o'zgarishlarning yana bir manbai hisoblanadi. Mafkura deganda u insonlar ular orqali atrofdagi olamni qabul qiladigan va baholaydigan subyektiv modelni tushunadi. Mafkuraviy mayillik ham iqtisodiy hisob-kitoblardan holi emas: olamning subyektiv manzarasi kimningdir foydali imkoniyatlarini chegaalashi qanchalik katta bo'lsa, uni qayta ko'rib chiqishdan manfaatdorlik shunchalik kuchli bo'ladi. Shunday qilib, institutsional o'zgarishlar texnika taraqqiyoti, yangi bozorlarning ochilishi, aholi sonining o'sishi va hoka'zolar, yani ular natijasida tashkiliy va institutsional o'zaro hamkorlikning ilgari muvafaqiyatli faoliyat ko'rsatgan alohida shakllari foydasiz bo'lib qoladigan jarayonlar oqibatida yuz berishi mumkin. Yangi rasmiy normalar o'rniga boshqalari qabul qilinadi, norasmiy normalarga amal qiladigan insonlar soni kamayib borishi bilan ular asta-sekin yo'qolib boradi. Institutlar paydo bo'lishining o'ziga xos jihatlari shundaki, ular o'zlari paydo bo'lishidan avval amal qilgan normalar va sharoitlarga bog'liq hisoblanadi. Shu tariqa, har qanday yangi institut, mavjud iqtisodiy yoki ijtimoiy sharoitlar (institutsional matritsa) tomonidan belgilab beriladi. Institutsional o'zgarishlar sezilarsiz tarzda kechishi ham, yoki o'zgarishlar, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tezda takomillashuviga olib kelishi ham mumkin. Institutsional o'zgarishlar eski va yangi institutlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik xususiyati ham katta rol o'ynaydi. D.Nort bog'liqlikning quyidagi turlarini takidlaydi [46]: Birinchisi - rivojlanishning avvalgi yo'liga bog'liqlik - chuqur aloqa, yangi institutlarning faqatgina eski ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.45 KB
Ko'rishlar soni 362 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.45 KB
Ko'rishlar soni 362 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga