Institutsionalizm yo'nalishi

Institutsionalizm yo'nalishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Institutsionalizm yo'nalishi - rasmi

Material tavsifi

Instituttsionalizm yo'nalishi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo'lib o'tgan aniq ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti keskin o'zgardi, ilgari ilg'or bo'lgan davlatlar 2-o'rinlarga (Angliya, Fransiya), nisbatan qoloq bo'lgan davlatlar esa 1-o'rinlarga chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko'pincha monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o'tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo'llash g'oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQSHda ro'y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo'llaydilar. Antitrest siyosati yo'li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning turlicha metod (usul)lari Qullanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud. Iqtisodiy ta'limotlardagi institutsionalizm yo'nalishi AQSHda XX asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblenning 1899y. chiqqan «Bekorchi sinflar nazariyasi» asari bilan bog'liq). Bu yo'nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko'rsatma, muassasa so'zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o'tishi bilan bog'liq ravishda ro'y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bilan izohlash mumkin bo'lmay qoldi. Bu ta'limot yo'nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo'lib xizmat qiladilar. Bu tushuncha tagida ijtimoiy hodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, yani jamoat ruhining namoyon bo'lishi, yurish-turish va o'ylash usulini xalqning malum guruhlari uchun odatiy, an'anaviy, shuningdek huquqiy, axloqiy va boshqa ko'rinishlarini o'z ichiga oladi. Bu yo'nalish mafkurachilarining fikricha, iqtisodiy kategoriyalar bo'lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo'lishi shaklidir. Demak, ular obyektiv iqtisodiy qonunlaning mavjudligini to'la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolyutsiyasini tahlil etadilar. Institutsionalizm malum manoda neoklassik yo'nalishga muholifdir. Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o'zini-o'zi boshqara oladigan (A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma'naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog'liqdir deb o'ylaydilar. Demak, bu yangi yo'nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suriladi. Shu bilan birga, tadqiqot obyektlari, yani institutlar birinchi yoki ikkinchi darajali deb Qaralmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Bu yo'nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germaniyada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o'xshashlik bor. Tarixiy va ijtimoiy muhit omillarining hisobga olinishi tarixiy maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to'la yakdillik yo'q. Yangi yo'nalish neoklassiklarning marjinalizm g'oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo'llaydilar. Institutsionalizmga xos bo'lgan uslubiy xususiyatlar Quyidagilardir: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.21 KB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.21 KB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga