Investitsiya faoliyatida risklar va ularning turlari. O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb etish ma'lum darajada uch guruh omillarga bog'liq bo'ladi. Birinchidan, investitsiya quvvatining mavjudligiga. Uni tabiiy, mehnat zahiralari, shuningdek, ishlab chiqarish, iste'mol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi. Ikkinchidan, mamlakatdagi mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. Bularga: umumiqtisodiy, bozor, me'yoriy-huquqiy, axborot bilan ta'minlanish, ekologik, ijtimoiy, madaniy va ijtimoiy-madaniy sharoitlar kiradi. Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi omillaridir. Ular xorijiy investorlarning investitsiya quvvati va investitsiya sharoitlarining qulay afzalliklaridan foydalanish bo'yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi. Barcha guruhlar bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Misol uchun, etarli darajada jalb qiluvchi bo'lmagan investitsiya sharoitlari, hatto, yuqori quvvatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib yuboradi. O'tish iqtisodiyotida bo'lgan, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha sharoitlarni shakllantirayotgan davlatlar uchun investitsiya risklari risklarning muhim turlaridan biridir. SHuning uchun ham riskni, uning manbalarini va uning oldini olish usullarini aniqlash rivojlanayotgan mamlakatlar uchun hayotiy muhim vazifa bo'lib hisoblanadi. Mamlakatdagi investitsiya faoliyati iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan belgilanmoqda. Investitsiya loyihalari kelajakka tegishli bo'lganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo'lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo'lgan oqibatlarga ega bo'lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb hisoblanadi. Riskni ma'lum bir qarorni qabul qilish natijasida zahiralarni yo'qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo'shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. Risk (grekcha ridsicon, ridsa so'zidan olingan bo'lib, yo'qotish, qoya degan ma'noni anglatadi)-bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo'lib qolish ehtimolidir. O'tish iqtisodiyotida bo'lgan mamlakatlar uchun investitsiya risklari turlarini baholash. Izoh: * - eng kam xatar, ** - o'rtacha xatar, ** - yuqori xatar. Manba: ETTB va Jahon banki tahliliy materiallaridan foydalanilgan holda baholandi. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.34 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.34 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: docx