Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi

Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi - rasmi

Material tavsifi

Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat subyektlarini sug'o'rtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo'lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o'z ifodasini topadi. O'zbekiston investitsiya faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish, soliq to'lovchilar va soliq solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo'llash, normalar, qoidalar, standartlarni belgilash, monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash, kredit siyosati va narx siyosatini o'tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash va boshqa yo'llar bilan bunday faoliyatni amalga oshiradi. Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o'rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o'ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha subyektlari - chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog'liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi haraka ko'pdan-ko'p qo'shimcha risklar bilan to'qnashish ehtimoliga ega bo'ladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko'zlaydi. Respublika qonun hujjatlariga muvofiq chet el investitsiyalari milliylashtirilishi, davlat tasarrufiga olinishi mumkin emas. CHet el investitsiyalari tabiiy ofatlar, faloqatlar, epidemiyalar hollarini mustasno qilganda, rikvizitsiya qilinmaydi. CHet el investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olingan o'z foydasi va boshqa mablag'larini chet el valyutasida chetga o'tkazish kafolatlanadi. Qonun hujjatlarida chet ellik investorlarga ularning davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan tuzadigan kontsessiya shartnomalari asosida tabiiy resurslarni qidirish, foydalanishga tayyorlash va foydalanish hamda boshqa xo'jalik faoliyatini joriy qilish uchun kontsessiyalar berish nazarda tutilgan. Respublika qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatning hamma sohalari va turlari bo'yicha kontsessiya berilishi mumkin. CHet ellik investor qarori bilan investitsiyalarga hamda ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, tasarruf etish huquqi Respublika qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin. Investitsiya faoliyatini amalga oshirishni muhim shartlaridan biri muomalada bo'lgan pul birligini qadrsizlanishini oldini olishdir. Investitsiya faoliyatidan olinadigan samarani ko'paytirish maqsadida investitsiyalar hajmini, yo'nalishlarini va manbalarini aniqlash maqsadga muvofiq bo'ladi. SHu bilan birgalikda yangi moliyalashtirish, kredit bilan ta'minlash, bahoni tahlil qilish, soliqqa tortish tizimlarini takomillashtirishdir. SHuni ta'kidlab o'tish joizki, investitsiya faoliyatini tartibga solishda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.31 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.31 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga