Investitsiya risklarini pasaytirish yo'llari va sug'o'rtalash Investitsiya risklarini pasaytirishda ko'proq sug'o'rtalashdan foydalaniladi. Sug'o'rta himoyasiga olishning uchta turi farqlanadi. O'z-o'zini sug'o'rtalash. Bu usulda xo'jalikdagi har qanday sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hodisalar, korxonalardagi maxsus jamg'armalar tomonidan qoplanadi. O'z-o'zini sug'o'rtalash maxsus fondlarga ajratiladigan ajratmalar summasiga bog'liq bo'ladi. YA'ni ko'rilgan zararlar miqdori ko'p bo'lsa, ajratma summasini oshishiga olib keladi va shu jihatdan bu mablag'lar chegaralangandir. Korxonaning aylanma mablag'laridan bir qismi maxsus fondlarga jamg'ariladi va aylanma mablag'lar xajmiga salbiy ta'sir kursatadi. O'z-o'zini sug'o'rtalash ikkita asosiy sababga ko'ra zarur bo'ladi: - korxonani sug'o'rtaviy himoyalashning boshqa usullarini qo'llash mumkin bo'lmaganda; - yoki shunday risklar turlari borki, ularni albatta kompensatsiya qilish zarur. 2. Sug'o'rtalash. Sug'o'rta iqtisodiy faoliyatning muhim turi sifatida, sug'o'rtalanuvchilar mulkiy qiziqishlarida ko'riladigan zararlar bo'yicha risklarni taqsimlanishi bilan bog'liq va bevosita maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (sug'o'rtalovchilar) tomonidan, sug'o'rta badallarini bir joyga to'plovchi, sug'o'rta zahiralarini tashkil qilish va sug'o'rtalanuvchilarning ko'rgan zararlarini qoplashni amalga oshirishni ifodalaydi. Bu holatda sug'o'rtalanuvchilar o'rtasida risklarni taqsimlash asosiy jarayon bo'lib, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar bo'yicha potentsial risklar sug'o'rtalanuvchilar o'rtasida taqsimlanadi, ya'ni ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash har bir sug'o'rtalanuvchilar zimmasiga tushadi. Bu munosabatlarda asosiy o'rinni sug'o'rtalovchiga to'lanadigan sug'o'rta badallari egallaydi. Ammo, bu sug'o'rta badallarining yetishmovchiligi yuzasidan ko'riladigan zararlarni sug'o'rtalovchi qoplamaydi degani emas. Ana shu holat sug'o'rta faoliyatida tadbirkorlik riskini keltirib chiqaradi, ya'ni sug'o'rtalovchi qurilishi mumkin bo'lgan zararlar yuzasidan oldindan sug'o'rta qoplamasini o'z mablag'lari hisobidan ham to'lashni ko'zda tutadi. Sug'o'rta usuli albatta sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yoki bo'lmagan risklarni ehtimoliyligi baholanganda va sug'o'rtalovchi tomonidan zararlarni qoplash bo'yicha aniq moliyaviy kafolatlar mavjud bo'lganda qo'llaniladi. Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko'p o'o'llaniladiganlari quyidagilar: 1) Loyihaning sezgirlik tahlili. 2) Zararsizlik nuqtasini aniqlash. 3) Barqarorlikni tekshirish. Sezgirlik tahlili loyihaning o'xshash parametrlaridan biri o'zgarganda, loyiha samaradorligi qay darajada o'zgarishiga miqdoriy baho berishda o'o'llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta'sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o'tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog'liq vazifalarni yechishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga yordam beradigan omillar aniqlanadi. Keyin ma'lum oraliqlarda omillardan biri o'zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo'l har bir omil uchun takrorlanadi. Bundan so'ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil o'zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning muvaffaqiyatiga eng ko'p darajada ta'sir etuvchilari aniqlanadi. Sezgirlik tahlili yordamida, hisoblar uchun zarur bo'lgan turli xil o'zgaruvchilar berilganda, naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o'zgarishlarini aniqlash mumkin. Turli xil o'zgaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish hajmi, investitsiya davri davomiyligi, kredit foizi, xom ashyo ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.34 KB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.34 KB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: docx